Page 569 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 569

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             kengaytiradi, kapital va tabiiy resurslarni tejaydi. Boshqa sharoitlar
             o‘zgarmagan  holatda  fan  texnika  taraqqiyoti  hamda  ishchi  kuchi
             innovatsion faolligi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatda ham shuncha
             katta innovatsion salohiyat vujudga keladi.
                “Innovatsion salohiyat” tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida

             qaraladi. Iqtisodiy salohiyatning ajralmas qismi sifatida innovatsion
             salohiyat ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari
             o‘rtasidagi murakkab mexanizm bilan belgilanadi. Bundan kelib
             chiqqan  holda  innovatsion  salohiyat:  bir  tomondan,  innovatsion
             faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  turli  xil  resurslar
             to‘plami; ikkinchidan, turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy
             munosabatlar  tizimini  takomillashtirish  jarayonida innovatsion
             faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  umumiy  innovatsion  salohiyatni
             shakllantirishga qaratilgan majmua hisoblanadi.

                Innovatsion salohiyat – har qanday tizimda jamiyat rivojlanishi
             uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy resurslarning miqdori
             hisoblanadi. Ushbu iqtisodiy resurslar uchta asosiy sektor o‘rtasida
             taqsimlanadi:  ilmiy-texnik,  taʼlim,  investitsion.  Ushbu  taqsimot
             natijasida  ilmiy-texnik  salohiyat,  taʼlim  salohiyati  va  investitsion
             salohiyat shakllantiriladi. Ushbu segmentlarning jamlanmasi
             makroiqtisodiy darajada innovatsion salohiyatini tashkil etadi.





























                                                  568
   564   565   566   567   568   569   570   571   572   573   574