Page 574 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 574

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            –  amaldagi  qonunchilikka  innovatsion  sohadagi  faollikni  yanada
          jadallashtirish  uchun  qulay  shart-sharoit  yaratib  beradigan  yangi
          o‘zgartirishlar kiritish;
            –  ilm-fanni  rivojlantirish  va  innovatsiyalarni  yaratish  uchun
          qarovsiz qolgan, maqsadga muvofiq ravishda ishlatilmayotgan mulk

          hisobidan alohida jamg‘arma yaratish;
            –  qiymati  yuqori  bo‘lgan  asbob-uskunalardan  foydalanib,  ilm-
          fan  yutuqlaridan  keng  ko‘lamda  foydalanish  asosida  mahsulot
          ishlab  chiqaruvchi  subyektlarini  qo‘llab-quvvatlash  uchun  lizing
          mexanizmlarini jadal rivojlantirish;
            – innovatsion faoliyat ko‘lamlarini kengaytirish hamda respublikada
          kapital bozorini shakllantirib, uni rivojlantirish uchun bank kreditlarini
          jalb etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
            –  respublika miqyosida yaratiladigan innovatsion loyihalarni ro‘-

          yobga chiqarish bilan bog‘lik bo‘lgan barcha ishlarni muvofiqlashtirib,
          boshqarib turadigan maxsus innovatsion markazlarni yaratish;
            –  respublikaning  eng  bilimli,  tajribali,  professional  ilmiy-texnik
          xodimlari, olimlari va mutaxassislaridan tarkib topadigan innovatsion
          loyihalarni ishlab chiqib, ularni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq chora-
          tadbirlarni rejalashtiradigan, keyinchalik, ushbu faoliyatni boshqarib
          turadigan institutni yaratish maqsadga muvofiqdir.



                       13.5. Innovatsiya sohasida davlat-xususiy
                                sherikchilik munosabatlari
            Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotning turli sohalarida keng ko‘lamli
          modernizatsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  innovatsion
          salohiyatni ro‘yobga chiqarish va rag‘batlantirish mexanizmi sifatida
          davlat-xususiy  sherikchilik  munosabatlarining  o‘rni  tobora  ortib
          bormoqda. Ilmiy- texnik va innovatsion sohalarida davlat-xususiy
          sherikchiligi  –  bu  turli  sohalarda  va  ilmiy  tadqiqotlarda  ijtimoiy

          ahamiyatga ega loyihalar va dasturlarni amalga oshirish uchun davlat
          va  biznes  o‘rtasida  belgilangan  yoki  nomaʼlum  muddatga  qonuniy
          ravishda  rasmiylashtirilgan teng  shartnomaviy munosabatlardir.
          O‘zbekiston  Respublikasining “Davlat-xususiy  sheriklik  to‘g‘risida”

                                               573
   569   570   571   572   573   574   575   576   577   578   579