Page 571 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 571

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             tarmoqlarini  (innovatsion  salohiyatning  tashkiliy  komponent)  o‘z
             ichiga olmaydi.
                Innovatsion salohiyatning asosi – xodimlar, tashkiliy, moddiy va
             texnik axborot, boshqaruv va moliyaviy komponentlar, shuningdek,
             ilmiy-texnik komponentlari hisoblanadi (13.1-jadval).
                Ingliz olimlari P. Drukker va S. Frimanlar  sanoat va ilmiy-texnik
                                                               47
             tashkilotlarning innovatsion salohiyati to‘rt qismdan iborat deb hi-
             soblaydilar:
                1.  Xususiy ishlanmalar va ixtirolarning ilmiy-texnik jarayonning
             uzluksizligini taʼminlash uchun tayyorlab qo‘yilgan zaxirasi;
                2.   Korxona  va  tashkilotlarning  o‘z  infratuzilmasini  taʼminlovchi
             innovatsion imkoniyatlar.
                3.   Innovatsion salohiyatni sanoat korxonalarida jamlangan
             salohiyatning  boshqa  qismlari  bilan  hamkorligini  aks  ettiruvchi  va
             innovatsion sikl natijali bo‘lishini taʼminlashga taʼsir etadigan tashqi
             va ichki omillar.
                4.   Innovatsion madaniyat darajasi, korxona va tashkilot
             xodimlari ning yangiliklarni qabul qilish darajasi, uning

             innovatsiyalarni  yangiliklar  sifatida  kiritilishiga  tayyorligi  va
             imkoniyatlari.
                B. Landvall, R. Nelson lar esa, innovatsion salohiyatning unsurlari
                                        48
             sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi:
                1.  Innovatsiyaga mo‘ljallangan qismlar;
                2.  Malakali kadrlar tarkibi;
                3.  Moliyaviy resurslar (boyliklar);
                4.  Moddiy-texnik taʼminlanish;

                5.  Intellektual (aqliy) mulk;
                6.  Innovatsion  faoliyat  natijalarini  yuksaltirishning  qo‘shimcha
             man balari.
                B. Santo  innovatsion salohiyatni shakllantirish va kengaytirish
                          49
             omillariga quyidagilarni kiritadi:

             47  Drucker P. Innovation and Entrepreneurship. Practice and Principles. – London: Heinemann, 1984.; Freeman
             C.  Technology and Economic Performance: Lessons from Japan. – London: Pinter Publishers, 1987.
             48  Lundvall B. (ed.). National Innovation Systems: Towards a Theory of Innovation and Interactive Learning.
             London: Pinter Publishers,  1992.; Nelson R. (ed.). National Innovation Systems. A Comparative Analysis. – New
             York/Oxford: Oxford University Press, 1993.
             49  Санто Б. Инновация и глобальный интеллектуализм. –М.: Инновации. 2006. №9. с.32
                                                  570
   566   567   568   569   570   571   572   573   574   575   576