Page 573 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 573
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
3. Ijtimoiy vazifa. Bunda innovatsion salohiyat mehnat sharoitla rini
yaxshilash, sog‘liqni saqlash, taʼlim, madaniyat sohalaridagi mavjud
muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi.
Birlashgan millatlar tashkilotining UNCTAD (Savdo va rivojla-
nish bo‘yicha konferensiyasi – BMT Bosh Assambleyasining organi)
organi innovatsion salohiyatning uchta tarkibiy qismlarini alohida
ajratib bergan:
a) innovatsiyalarga bo‘lgan sarmoyalar, yaʼni, innovatsion faoliyatni
rag‘batlantirish uchun qo‘llanilgan chora-tadbirlar va investitsiyalar;
b) davlat tomonidan amalga oshirilgan innovatsion faoliyat va
fundamental tadqiqotlar natijalari;
v) xususiy sektor tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-texnologik
faoliyatning amaliy natijalari.
Rivojlanish salohiyati mamlakatning imitatsion texnologik rivoj-
lanish imkoniyatini belgilaydi. Uning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib,
xalqaro savdo uchun milliy tizimning ochiqligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, litsenziyalash va ishchi kuchi
salohiyati hisoblanadi.
Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu unsurlar nafaqat innovatsion rivoj-
lanish, balki mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi uchun ham
ahamiyatlidir.
Bundan tashqari, innovatsion salohiyatni oshirishda makroiqtisodiy
barqarorlik, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish tizimi va
iqtisodiyotdagi raqobat muhiti ham muhim rol o‘ynaydi. Intellek-
tual mulk huquqlarini himoya qilish innovatsiyalarni rag‘batlantiradi
va ularning ijodiy saʼy-harakatlari, energetikasi va moliyaviy kapi-
talini investitsiyalash uchun yetarli darajada mukofotlanganligini
taʼminlaydi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mamlakatimizning ilmiy-
texnik va innovatsion salohiyatini barqaror saqlash hamda rivojlanti-
rish zarur. Buning uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar
amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:
– milliy iqtisodiyotning turli sohalarida to‘plangan ilmiy-texnik
salohiyatni restrukturizatsiyalashtirish;
572