Page 572 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 572
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
1. Insonning tasavvur kuchi va ijodiy imkoniyatlari (qobiliyatlari);
2. Tadqiqotlar va ishlanmalarning foydaliligi;
3. G‘oyalar, ixtirolar, ishlab chiqarish va savdo sirlarini himoya
qi lish;
4. Ilk mablag‘ (kapital)larning miqdori;
5. Zarur vositalarni sotib olish imkoniyatlari;
6. Ishchi kuchining soni va tarkibi;
7. Raqobat;
8. Iqtisodiy sharoitlar va hukumat meʼyoriy-huquqiy tizimining
boshqarilishi va rivojlanish tendensiyalarini oldindan aytib berish
imkoniyatlari.
Yuqorida innovatsion salohiyat tarkibiy tuzilishiga oid yondashuv-
lardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, fikrimizcha, mualliflar
innovatsion salohiyat tuzilishi yoritishda bir qator unsurlarni
eʼtibordan chetda qoldirgan. Chunki ular ishlab chiqarishni tashkil
qilishning zamonaviy shakllari, jarayonlarni innovatsion faoliyat bilan
boshqa rishning eng oxirgi, ilmga boy, moddiy yoki aqliy mahsulotlarni
(innovatsion salohiyat tuzilishini boshqaradigan), shuningdek, ilmiy
muassasalar, loyiha-konstruksiyalash tashkilotlari va innovatsion
korxonalar tarmog‘ini (innovatsion salohiyatni tuzilishini tashkil
etadigan) eʼtibordan chetda qoldirishgan.
Innovatsion salohiyat asosini malakali kadrlar, professional tashki-
liy tuzilma, moddiy-texnik baza, kuchli axborot manbalari, zamonaviy
boshqaruv usullari, moliyaviy barqarorlik va ilmiy-texnik tuzilmalar
tashkil qiladi.
Innovatsion salohiyatning mohiyati uning quyidagi vazifalarida
namoyon bo‘ladi:
1. Ilmiy vazifa. Bunda innovatsion salohiyat fanning rivojlanishiga,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi qonuniyat va tamoyillari
yaratilishiga hamda yangi sohalarga yo‘l ochilishiga ko‘maklashadi,
shuningdek, g‘oyalar generatori sifatida harakat qiladi.
2. Texnik vazifa. Bunda innovatsion salohiyat yangilangan,
mukammallashgan mahsulot yaratish vositalarini ishlab chiqarish va
o‘zlashtirishga imkon beradi.
571