Page 567 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 567

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             isteʼmolchilik salohiyatni, resurs salohiyatini, yaʼni, texnologiyalar,
             uskunalar,  asosiy  fondlar,  mehnat  resurslari,  axborot  resurslarni
             innovatsion faoliyatga yo‘naltirish va rivojlantirish zarur. Bu yerda
             intellektual salohiyat deyilganda, innovatsiyalarni joriy etishga yetarli
             bo‘lgan  insonlar ning  aqliy  qobiliyatlari  tushuniladi.  Isteʼmolchilik

             salohiyati  yangi  va  takomillashtirilgan  mahsulotlarga  nafaqat
             ehtiyoj, balki pul bilan qoplangan talabning mavjudligini anglatadi.
             Infratuzilma  salohiyati  esa,  innovatsion  jarayon  uzluksizligini
             taʼminlaydi  va  o‘z  ichiga  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy,  innovatsion
             infratuzilma obyektlarini qamrab oladi.
                Innovatsion  salohiyatni  makro  darajada  tahlil qiladigan  bo‘lsak,
             milliy  iqtisodiyotning  innovatsion  salohiyati  ish  samaradorligini
             yanada sifatli, innovatsion asosda amalga oshiradigan milliy iqtisodiy
             tizimning  jami  obyektiv  sharoitlari  (imkoniyatlari)ni  to‘laligicha

             o‘zida aks ettiradi.
                Uning tarkibiy qismlari quyidagilar .
                1.  Iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion mahsulotlarini ishlab
             chiqarishga yo‘naltiradigan ilmiy-texnik salohiyat.
                2. Milliy iqtisodiyotda innovatsion rivojlanishning resurs salohiyati:
                –  zamonaviy ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari;
                –  mavjud materiallar va xomashyo;

                –  innovatsion rivojlanishni taʼminlaydigan axborot resurslari;
                –  innovatsiyada  bevosita  novatsiyani  qamrab  oluvchi  inson
             resurslari;
                3. Iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish
             imkoniyati sifatida qaraladigan investitsion salohiyat.
                4.  Innovatsion jarayonning ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega
             bo‘lgan industrial, ijtimoiy va innovatsion infratuzilmani ifodalovchi
             infratuzilmaviy salohiyat.
                5. Inson resurslarining tashabbuskorlik, innovatsiyalarni

             amali yotga  tatbiq  etish,  innovatsion  jarayonni  amalga oshirish
             va innovatsiyalarni to‘g‘ri qabul qilish qobiliyatlarini o‘zida
             mujassamlashti ruvchi intellektual salohiyat.
                6.  Iqtisodiy tizimning isteʼmolchi salohiyati isteʼmolchilarning eh-

                                                  566
   562   563   564   565   566   567   568   569   570   571   572