Page 563 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 563

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                –  ijtimoiy  taraqqiyot  uchun  muhim,  ammo  xususiy  investorlar
             uchun  manfaatli  bo‘lmagan  innovatsion  dasturlar  va  loyihalarni
             amalga oshirish uchun davlat investitsiyalarini ajratish;
                – innovatsion sohada ijobiy investitsion muhitni shakllantirish;
                – innovatsion faoliyatda qatnashuvchi milliy va xorijiy investorlarga

             dotatsiyalar, imtiyozli kredit va kafolatlar berish;
                Innovatsion  faoliyatni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning
             meʼyoriy-huquqiy omillari quyidagilardan iboratdir:
                – innovatsion faoliyat subyektlarining o‘zaro aloqalarini tartibga
             soluvchi huquqiy asoslarni yaratish;
                –  innovatsion  faoliyat  subyektlarining  manfaatlari  va  huquqlari
             himoyasini  kafolatlash,  jumladan,  innovatsion  faoliyat  taraqqiyoti
             uchun zarur hisoblanuvchi intellektual mulk himoyasini taʼminlash.
                Innovatsion  faoliyat  subyektlari,  shuningdek,  ular  bilan

             innovatsion  jarayonning  boshqa  ishtirokchilari  o‘rtasidagi  o‘zaro
             aloqalarni  meʼyoriy-huquqiy  jihatdan  tartibga  solish  shartnomalar
             asosida amalga oshiriladi, jumladan:
                – ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni
             bajarish borasidagi shartnomalar;
                – loyiha va qidiruv ishlarini bajarish shartnomalari;
                – qurilish, pudrat ishlari bo‘yicha shartnomalar;

                – innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun xizmat ko‘rsatish
             bo‘yicha shartnomalar;
                – innovatsion xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha shartnomalar;
                – investorlar bilan shartnomalar.
                Innovatsion faoliyatni tartibga solish quyidagilarga tayanilgan
             holda amalga oshiriladi:
                – innovatsion prognozlar;
                – innovatsion strategiyalar;
                – innovatsion dasturlar;

                – innovatsion loyihalar.
                O‘zbekiston  davlat  budjeti  mablag‘laridan  foydalanish  ilmiy-
             texnik siyosatning asosiy moliyaviy vositalaridan biri hisoblanadi.
                Shunday  qilib,  innovatsion  faoliyat  taraqqiyoti  nafaqat  alohida

                                                  562
   558   559   560   561   562   563   564   565   566   567   568