Page 558 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 558

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          Hindistonda  venchur  kapitaldan  foydalanish  borasida  to‘plangan
          boy  ijobiy  tajribalar  venchurli  biznes  bugungi  kunga  kelib,
          kuchli  jahon  industriyasiga  aylanganligini  amalda  ko‘rsatdi  va  u
          iqtisodiyotning istiqbolli  sohalarini  qo‘llab-quvvatlashda muhim
          vositalardan biri sifatida o‘zini namoyon eta oldi. Venchurli biznes

          investitsion resurslarning tanqisligi va qimmatligini bartaraf etishga
          ko‘maklashgani  holda  iqtisodiy  o‘sish  sifatini  tubdan  o‘zgartirishi
          mumkin.  Xususan,  Hindistonda  dasturiy  mahsulotlarni  ishlab
          chiqarish  sohasida  investitsiyalarni  va  venchurli  biznesni  qo‘llab-
          quvvatlash natijasida 1990-yillarning boshida juda katta iqtisodiy
          samaraga erishildi. Informatsion texnologiyalar eksportidan daromad
          1999-yilda 2,7 milliard dollarni tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich
          2000-yilga kelib 4 milliard dollardan oshib ketdi.
            Venchurli tadbirkorlikka investitsiyalar, xususan, yuqori malakali

          mutaxassislar bandligining o‘sishiga, aholi turli qatlamlari turmush
          darajasining  yaxshilanishiga  olib  keladi.  Venchur  kapitalining
          dunyo bozori hajmi 1990-yillarning o‘rtalariga kelib 100 milliard
          dollarlik  chegaradan  oshib  ketdi.  Venchurli  tadbirkorlik  fan
          sig‘imli tarmoqlarda yangi ishlanmalarni joriy etishda muhim
          o‘rin  tutadi.  Moliyalashtirish  manbalari  tuzilmasi  va mablag‘larni
          taqdim etish shartlari nuqtai nazaridan u investitsiyalarning jalb

          qilishning  anʼanaviy  usullaridan  bir  muncha  farq  qiladi. Venchurli
          biznes  innovatsion  faoliyatning  investitsion  mexanizmining
          yangi  tipini  yaratgani  holda,  iqtisodiyotning  yaxlit  holda  faoliyat
          ko‘rsatish  samaradorli gini  oshiradi.  Bizning  fikrimizcha,  venchurli
          tadbirkorlikning barcha afzalliklaridan milliy iqtisodiyotning barcha
          bo‘g‘inlarida birdek foydalanilishi lozim.


                   13.3. Davlatning innovatsion siyosati korxonalar
                              raqobatdoshligini oshirishning
                                    muhim omili sifatida

            O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida
          davlatning ilmiy-texnologik taraqqiyot sohasida innovatsion va
          investitsion faoliyat uchun zarur iqtisodiy imkoniyatlar yaratish o‘z

                                               557
   553   554   555   556   557   558   559   560   561   562   563