Page 557 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 557

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida lizing faoliyat ko‘rsatayotgan
             korxonalarni texnologik qayta qurollantirish va yangidan barpo
             etilayotgan  korxonalarni  esa  ilg‘or  texnika  va  texnologiyalar  bilan
             jihozlashning  muhim  dastaklaridan  biri  hisoblanadi.  Aynan shu
             sababli  ham,  lizingning  iqtisodiy  mohiyatini  qarab  chiqish  va

             milliy  iqtisodiyot  doirasida  mazkur  iqtisodiy  vosita  (instrument)
             ning rivoj lanishini tahlil etishni zarur, deb hisoblaymiz. Mavjud
             ishlar asosida lizingning asosiy afzalliklari va kamchiliklari o‘rganib
             chiqildi.  O‘zbekistonda,  shu  jumladan  MDH  mamlakatlarida  lizing
             bozorini  shakllantirish  va  rivojlantirishning  dolzarbligi  birinchi
             navbatda,  asbob-uskunalar  parkining  nochor  holati  (jismoniy  va
             maʼnaviy  eskirgan  asbob-uskunalarning  yetarlicha  katta  ulushi,
             ulardan  foydalanish  samaradorligining  pastligi,  ehtiyot  qismlar
             bilan  taʼminlanmaganlik  va  hokazo)  va  ilmiy-texnik  taraqqiyot

             mahsulotlarini joriy etish hamda asosiy fondlarni yangilash uchun
             aylanma mablag‘larning sezilarli darajada yetishmasligi bilan
             izohlanadi. Moliyalashtirishning lizing shakli modernizatsiyalash
             uchun  mablag‘  muammosiga  duch  kelgan  korxona  va  qo‘yilgan
             mablag‘larning  qaytarilishining  yetarlicha  kafolati  bo‘lmaganligi
             sababli  ushbu  korxonaga  xohlar-xohlamas  kredit  taqdim  etuvchi
             bank  o‘rtasidagi  ziddiyatlarni  bartaraf  etadi.  Lizing  operatsiyalari

             barcha ishtirokchilar uchun birdek foydalidir: bir tomon bosqichma-
             bosqich to‘lab boriluvchi kredit va kerakli asbob-uskunaga ega bo‘lsa,
             boshqa bir tomon esa kreditning qaytari lish kafolatiga ega bo‘ladi,
             chunki oxirgi to‘lov amalga oshirilgunga qadar lizing obyekti lizing
             operatsiyasini moliyalashtirgan bank yoki lizing beruvchining mulki
             hisoblanadi.
                Venchur kapitalini iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash va investitsion
             iqlimni barpo etishning innovatsion shakllaridan biri sifatida eʼtirof
             etish  mumkin.  Jahon  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki,  venchurli

             moliyalashtirish milliy xo‘jalikni iqtisodiy rivojlantirishning muhim
             manbalaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur tadqiqot doirasida
             venchurli moliyalashtirishni amalda qo‘llashning mahalliy va xorij
             tajribasi keng o‘rganildi. AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va

                                                  556
   552   553   554   555   556   557   558   559   560   561   562