Page 552 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 552

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          sohadagi  og‘irlik  markazi  jarayondan  natijaga,  yaʼni  mazkur  joriy
          etiladigan  yangiliklar  taʼsiri  ostida  iqtisodiyot,  ijtimoiy  sohadagi
          pirovard natijalarga o‘tadi. Og‘irlik markazi olimlar qiziqishini
          qondirish dan  odamlarning  maʼlum  turdagi  mahsulotga  bo‘lgan
          ehtiyojlarini qondirishga kuchayadi.

            Jahon  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  texnik  yangiliklarning
          harakatlantiruvchilari  –  bu  o‘z  faoliyatida  davlat  yordamiga
          tayanuvchi kichik ilmiy-texnik va innovatsion firmalar hisoblanadi.
          Masalan,  AQShda  texnologik  yangiliklarni  joriy  etish  80-yillardan
          boshlab  iqtisodiy  jarayonlarni  davlat  tomonidan  boshqarishning
          o‘ziga xos xususiyatla ridan va nufuzli jihatlaridan biriga aylandi.
            Innovatsion  muhitda  kichik  korxonalar  faoliyatini  boshqarishning
          sof  bozor  mexanizmlari  samarasizligi  sanoat  rivojlangan  davlat lar
          hukumatini  kichik  innovatsion  biznesni  qo‘llab-quvvatlash  dastu-

          rini ishlab chiqish va amalga oshirishga majbur qiladi. AQShda bunday
          dasturlar  1982-yilda  “Kichik  biznesda  novatorlik  tadqiqotlari ni
          rivojlantirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ng keng qo‘llanila
          boshladi.  1992-yilda  Small  Business  Technology  Transfer  –  STTR
          dasturi  boshlanib,  u  kichik  biznes  korxonalari  uchun  davlat  tadqiqot
          tashkilotlarining  shartnomaviy  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  bilan
          shug‘ullanadi. Dasturning asosiy maqsadi kichik kompaniyalarning yangi

          texnologiyalar asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishi uchun zarur
          moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, shu ningdek, davlat tadqiqotchilik
          tashkilotlarini  qo‘shimcha  mablag‘  va  vositalar  bilan  taʼminlashdan
          iboratdir. Bundan tashqari, dastur ning yana bir maqsadi – universitet
          va federal ilmiy markazlar uchun ular tomonidan ishlab chiqiladigan
          yuqori texnologik mahsulotlarni kichik biznes korxonalarining tijorat
          borasidagi tajribasidan foyda langan holda bozorga chiqarish borasida
          zarur imkoniyatlarni yara tish hisoblanadi.
            Innovatsion  loyihalarning  hayot  sikli  turli  bosqichlaridagi

          seleksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: birinchi bosqich tugallangandan
          so‘ng 35 foiz loyihalar davom ettirish uchun mablag‘ va vositalar bilan
          taʼminlanadilar; ikkinchi bosqich tugagandan so‘ng 50 foiz loyihalar
          qo‘llab-quvvatlanadilar.  Ikkinchi  bosqichda  23  foiz  moliyalashtiri-

                                               551
   547   548   549   550   551   552   553   554   555   556   557