Page 548 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 548
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
gining asosiy yo‘nalishlaridan biri ilmiy-texnik siyosatni amalga
oshirish orqali yuz beradi. Bunda sanoat majmui yuqori malakali
kadrlar potensialini saqlagan holda sanoatni tarkiban qayta qu rish
maqsadli dasturini amalga oshirish zarurligini, milliy iqtisodi yotning
ilmiy-texnik bazasini mukammallashtirish va rivojlanti rish, ijtimoiy
mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiy resurslardan oqilona
foydalanish zarurligini inobatga olish kerak.
Innovatsiyalar ishlab chiqarishni kengaytirish va rivojlantirish,
asosiy fondlarning maʼnaviy va jismoniy eskirishini kamaytirish,
ish lab chiqarish texnik darajasini oshirish, alohida korxonalar ya-
ra tadigan mahsulotlar sifatini oshirish va raqobatbardoshli gini taʼ-
min lash kabi maqsadlarga erishish uchun ham zarurdir. Pirovard
natijada ular korxonalarning kelajakda normal darajada faoliyat
yuritishi, barqaror moliyaviy holati va maksimal foydani taʼminlash
uchun zarurdir.
Ilmiy-texnik va iqtisodiy taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligining
chuqurlashuvi, ilmiy-texnik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sish asosiy
man baiga aylanishi, o‘z navbatida, harbiy va fuqarolik texnologiya-
la ri o‘zaro munosabatlariga katta taʼsir o‘tkazadi. Masalan, AQShda
kri tik muhim texnologiyalar dasturini shakllantirishda eng yangi
tex nologik yechimlarning ikkilamchi foydalanilishiga katta eʼtibor
qaratiladi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan ikkilamchi foydalanish
omi lining roli nafaqat AQShda, balki dunyoning barcha yetakchi ri-
voj langan davlatlarida ham o‘smoqda. Bu, bir tomondan, zamonaviy
qurollanish tizimining informatsion texnologiyalarga bog‘liqligi-
ning o‘sishiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u ilmiy-texnik
yangiliklarning yaratilishiga qo‘shiladigan hissa ning oshishiga
va yangi texnologik jarayonlarni iqtisodiyotning po tensial
imkoniyatlarini oshirishga joriy etishga yordam beradi. Tex nologik
innovatsiyalarga xarajatlar investitsiyalar hajmi bilan belgilanadi.
Unga faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish,
mavjud sexlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda ilmiy-
texnik taraqqiyot yutuqlari asosida uning texnik-iqtisodiy darajasini
547