Page 546 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 546

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          koeffitsiyenti;  Yt-Tt-1–daromad  o‘sishi;  Yt–daromadning  so‘nggi
          yildagi haj mi; Yt-1–o‘tgan yilgi daromad hajmi.
            Bundan  kelib  chiqadiki,  innovatsiyalar  o‘sishida  izohlangan
          daromad o‘sishi va unda o‘z ifodasini topgan samara akseleratsiya
          koeffitsiyent i bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka ega. Shu sababli daromadning

          oshishi yangi innovatsiyalar ko‘payishiga olib keladi.
            Multiplikator va akselerator harakatining muvozanati daromadlar
          oshishi va ish faoliyatining kengayishi jarayoni bilan izohlanadi.
            Shunday qilib, isteʼmol, jamg‘armalar, investitsiyalar va milliy  da-
          ro mad o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tamoyillarining qo‘llanilishi iq-
          ti sodiyotning  barqarorligi  va  o‘sishini  taʼminlash  imkonini  beradi.
          O‘zbekiston iqtisodiyotida ham mazkur tamoyillar ahamiyatga egadir.
            Oqilona tarkibiy soliq, moliya siyosatini yurgizish, statistik bazani
          qo‘llab,  mamlakat  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun  harakatlantiruvchi

          kuch hisoblanishi mumkin bo‘lgan multiplikatorni ham, akseleratorni
          ham hisoblash mumkin.
            Mamlakatdagi  innovatsion  faoliyat  holati,  innovatsiyalar  va
          iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi ko‘rsatkichlar dinamikasi
          bilan tavsiflanishi mumkin:
            – innovatsion mahsulotlar umumiy hajmi;
            –  innovatsion  mahsulotning,  umuman,  ishlab  chiqarilgan

          mahsulot hajmidagi hissasi;
            – innovatsion faol korxonalar miqdori va boshqalar.
            So‘nggi  yillarda  innovatsion  faoliyat  ko‘rsatkichlarining  ijobiy
          tomonga o‘zgarishiga qaramay, O‘zbekiston Respublikasida
          innovatsion soha taraqqiyoti surʼatlari zamonaviy tendensiyalarga
          mos kelmaydi. Bu, avvalambor, bizning respublikamiz hali ilmiy-
          texnik tovarlar bozori to‘la shakllanmagan bozor munosabatlariga
          o‘tishi bilan izohlanadi. Bir tomondan, bu innovatsion taraqqiyot
          uchun  zarur  resurs  bazasining  sustligi  va  yetarli  bo‘lmagan

          moliyaviy  asos,  soliqlar  va  budjet  hamda  nobudjet  yig‘imlari
          uchun  yuqori  stavkalar  belgilanishi  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga
          innovatsion  tadbirkorlik  bo‘yicha  huquqiy  va  normativ  bazaning
          hali tugallanmaganligi, innovatsion tadbirkorlik subyektlarining

                                               545
   541   542   543   544   545   546   547   548   549   550   551