Page 542 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 542
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Ishlab chiqarish sohasida innovatsion institutlar faoliyatini
mukammallashtirish davlat innovatsion siyosatining muhim
yo‘nalishi hisoblanadi.
Davlat innovatsion siyosatining amalga oshirilishida sanoat maj-
muasi korxonalarining innovatsion jozibadorligini taʼminlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning real sektorida
innovatsiya holati ko‘ngildagiday deb bo‘lmaydi. Ko‘pgina sanoat
kor xonalari raqobatbardosh emas, ularning asosiy fondlari maʼnaviy
va jismoniy jihatdan eski. Bunday sharoitlarda davlatning sanoat
ishlab chiqarishni rivojlantirishga, alohida xo‘jalik subyektlarining
innovatsion jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan innovatsion
siyosati muhim rol o‘ynaydi. Sanoat majmuasi korxonalarining
innovatsion jozibadorligi innovatsion loyihalarga mablag‘larni
samarali joylash tirish uchun xizmat qiluvchi obyektiv jihatlar
majmuasidir. U korxonalarning eksport va ilmiy-texnik potensiali,
moliyaviy barqarorlik darajasi, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash
darajasi, innovatsion dasturlar sifati kabilar bilan belgilanadi.
Sanoat majmui korxonalarining innovatsion jozibadorligini taʼ-
minlash – bu milliy iqtisodiyot samaradorligining muhim yo‘nali-
shidir. Uni amalga oshirish uchun kompleksli hukumat dasturini ishlab
chiqish zarur deb hisoblaymiz. Sanoat korxonalarining innovatsion
salohiyatini atroflicha baholash va innovatsion faollikka taʼsir
etuvchi ichki omillar sifatini yaxshilash kabilar mazkur dasturning
asosiy yo‘nalishlari sifatida xizmat qilishi lozim.
Sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligini oshi-
rish bo‘yicha qo‘llaniladigan chora-tadbirlar doirasida samolyotsoz lik,
raketa-kosmik ishlab chiqarish, atom sanoati, biotexnologiya kabi yuqo-
ri texnologik, ilmtalab tarmoqlarni rivojlantirish ko‘zda tutilmog‘i lo -
zim. Bu xalq xo‘jaligining texnik-texnologik qayta qurollantirish va ish-
lab chiqarish samaradorligini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoat majmui subyektlarining innovatsion jozibadorligi davlat to-
monidan korxona va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘ liqdir.
Buni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin: to‘lov va qaytarilish
asosida markazlashtirilgan moliyaviy qo‘yilmalar ni tashkil etish; real
541