Page 539 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 539

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Shuningdek,  2023-yilning  noyabrida  “Nokia”  brendi  ortida  turgan
             “HMD Global” kompaniyasi 2026-yilga borib bu nom ostida telefonlar
             ishlab chiqarishni to‘xtatishi maʼlum qilindi.
                “Nokia”dan  estafetani  qabul  qilib  olgan  kompaniya  2024-yilning
             apreligacha Hindistonda o‘zining smartfonlar qatorini ishga tushirishni

             rejalashtirmoqda.
                                                                            www.spot.uz


                    13.1. Bozor sharoitida innovatsiyalar va korxonalar
                              taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
                Jahon  tajribasi  barcha  sohalarda  sifatli  o‘sishni  taʼminlovchi
             yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy
             rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda.
             Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar

             amalga  oshirilayotgan  mamlakatlar  eng  muvaffaqiyatli  va  barqaror
             hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning
             jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport  qilish
             va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar
             va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion
             g‘oyalar,  ishlanmalar  va  texnologiyalarni  joriy  etish  bo‘yicha  davlat
             strategiyasining  ijrosi  shartli  ravishda  “kelajak  vazirliklari”  deb

             nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Innovatsion
             rivojlanish uchun masʼul idoralarning asosiy vazifasi innovatsiya va fan
             yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va
             jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligi ni taʼminlash hamda iqtisodiyotda
             intellektual ulushning ko‘payishi hisoblanadi. 2017−2021-yillarda
             O‘zbekiston Respublikasini rivoj lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
             bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va
             turmush sifatini yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda
             jadal rivoj lantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning

             barcha  sohalarini  liberallashtirish  bo‘yicha  aniq  maqsadlar  belgilab
             olindi. Boshqacha qilib aytganda, biz O‘zbekistonni ishlab chiqarishda
             innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror
             bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh

                                                  538
   534   535   536   537   538   539   540   541   542   543   544