Page 541 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 541

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             mi  surʼatlarining  oshishiga,  fan-texnika  taraqqiyoti  tezlashishiga,
             ijtimoiy  ishlab  chiqarish  strukturasining  o‘zgarishi,  sotsial  muam-
             molarni hal qilishga taʼsir o‘tkaza oladi.
                Innovatsion siyosat deganda davlatning iqtisodiyotni ko‘tarish
             va iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilish maqsadida

             mamlakat innovatsion mohiyatini samarali qo‘llash, innovatsiyalarni
             amalga  oshirish  uchun  zarur  sharoitlarni  taʼminlashga  xizmat
             qiluvchi maqsadli faoliyati tushuniladi.
                Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiy holati uchun mos keladigan
             “innovatsion muhit” iborasi bo‘lg‘usi innovatsiyalar uchun korxonalar
             jozibadorligini tavsiflaydi. Innovatsion muhitni baholashda odatda
             bir  qator  parametr  yoki  belgilar  qo‘llaniladi.  Mazkur  o‘lchamlar
             davlatning innovatsiyalarni joriy etish salohiyati va ularni amalga
             oshirish tavakkalini tavsiflovchi belgilardir. Ularning eng asosiylari

             quyidagilardir: siyosiy barqarorlik; makroiqtisodiy holat; innovatsion
             faoliyat huquqiy asoslari; soliq tizimi sifati va soliqqa tortish darajasi;
             bank tizimi va boshqa moliyaviy institutlar holati va ishonchliligi;
             infrastrukturaning  rivojlanish  darajasi;  hamkorlar  tomonidan
             shartnoma  majburiyatlarining  bajarilishi;  davlat  boshqaruv  tizimi.
             Iqtisodiy sohada innovatsion muhit yaxshilanishiga quyidagilar o‘z
             taʼsirini o‘tkazadi deb hisoblaymiz:

                – milliy korxonalarda samarali boshqaruv tizimini yaratish;
                –  davlat  buyurtmasi  bo‘yicha  bajarilgan  ishlar  bo‘yicha  sanoat
             maj muasi tashkilotlari va korxonalarining qarzlarini qoplash;
                –  davlat  buyurtmasi  bo‘yicha  sanoat  majmuasi  korxona  va
             tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatlarni
             moliyalashtirish.  Fikrimizcha,  bu  faoliyat  ajratiladigan  mablag‘lar-
             ning yanada samarali ishlatilishiga, ularni kelajakdagi texnologik lo-
             yi halarni bajarishga yo‘naltirishga yordam beradi, shuningdek, mo-
             liyaviy resurslarni maqsadsiz ishlatilishining oldini oladi;

                – budjet tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish
             uchun ajratiladigan xarajatlar hissasining oshirilishi;
                –  tashkilot  va  korxonalarda  foydaning  innovatsion  ishlanmalar
             uchun yo‘naltiriladigan qismini soliqdan ozod qilish.

                                                  540
   536   537   538   539   540   541   542   543   544   545   546