Page 543 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 543

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             innovatsion loyihalarni amalga oshirish va tanlov asosida innovatsion
             loyihalarni moliyalashtirish; innovatsion loyihalarni davlat va tijorat
             tashkilotlari qo‘shma moliyalashtirish amaliyotini kengaytirishni
             targ‘ib  qilish.  Bunda  innovatsion  loyihalar  bozorini  ularning  sifatiy
             ekspertizasi, yuqori samaradorligi va qoplanishi kabilarni inobatga

             olgan holda rivojlantirishga katta eʼtibor qaratish lozim.
                Past  samarali  va  zarar  bilan  ishlovchi  korxonalarni  tugatish,
             ularni qayta ixtisoslashtirish hisobidan sanoat tarmog‘ini moliyaviy
             sog‘lomlashtirish davlat faoliyatining muhim natijasidir. Buning juda
             zarur bosqichi sanoat majmuini tarkiban qayta tuzish bo‘lishi lozim.
                Yuqorida  bildirilgan  takliflar  asosida  O‘zbekiston  iqtisodiyoti
             moddiy  bazasini  mustahkamlashning  yaqqol  omili  hisoblanuvchi
             zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar
             ishlab chiqarish, tovar va xizmatlarning ilg‘or dasturlarini yaratish

             va  ishlab  chiqarish  maqsadida  innovatsion  loyihalarni  amalga
             oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish mumkin. Shunday qilib,
             O‘zbekistonda  ilm-fanni  rivojlantirishni  davlat  tomonidan  qo‘llab-
             quvvatlash borasida yangi tizim shakllantirildi. U barqaror iqtisodiy
             taraqqiyotning ancha zarur masalalarini hal qilishga qaratilgan kuch
             va  vositalar  konsentratsiyasini  taʼminlashga  qaratilgan.  Barqaror
             iqtisodiy o‘sishni taʼminlash uchun faol innovatsion, sanoat, tarkibiy,

             ilmiy-texnik siyosatni yuritish zarur. Bu esa, o‘z navbatida davlat
             iqtisodiy quvvatining qayta tiklanishning boshlanishi uchun butun
             jamiyatga asos bo‘lib xizmat qiladi.
                O‘zbekiston  Respublikasida amalga  oshirilgan ilmiy tadqiqot
             ishlarida innovatsiyalar va korxonalar hamda butun iqtisodiyotning
             moliyaviy-iqtisodiy holatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro
             taʼsir masalalari zarur hajmda va sistemali tarzda to‘liq o‘rganilmagan.
             Mazkur tahlilning zarurligi respublikada yurgizilayotgan tarkibiy
             qayta tuzishning moliyaviy taʼminoti bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy

             islohotlarning amalga oshirilishi kabi munosabatlarga borib taqaladi.
                Innovatsion  faoliyat  jamiyatning  barcha  bo‘g‘inlariga  taʼsir
             o‘tkazib, iqtisodiy jarayonlar taraqqiyotining tizimli oqimiga aylandi.
             Tizimli yondashuv innovatsion jarayonlarning evolyutsiyasi va amal

                                                  542
   538   539   540   541   542   543   544   545   546   547   548