Page 544 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 544
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
qilishini o‘zaro bog‘liq bir butunlik sifatida qarash lozim. U jamiyat
iqtisodiy salohiyatini tavsiflovchi sanoat korxonalarining moliyaviy
holati va innovatsiyalar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama bog‘liqliklarni,
asos bo‘lib xizmat qiluvchi mexanizmlarni aniqlashga yordam beradi.
Davlat iqtisodiy salohiyati holatining muhim belgilovchi omili – turli
tarmoq yo‘nalishlariga ega bo‘lgan iqtisodiyotning real sektori kor-
xonalarining faoliyatidir.
Ishlab chiqarish sohasi samaradorligini, shuningdek, ishlab
chiqarishda band mehnat resurslari hajmi va hissasi, iqtisodiyotning
turli tarmoqlarida band bo‘lgan ishlab chiqarish fondlari hissasi
va haj mi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining qiymat va natural
ko‘rsatkichlari, moliyaviy ko‘rsatkichlar ham tavsiflaydi.
O‘zbekiston iqtisodiy holatining innovatsiyalar bilan o‘zaro
bog‘liqligini quyidagi asosiy jihatlarda ko‘rish mumkin:
– birinchidan, innovatsion faoliyatning milliy iqtisodiyotga taʼsi-
rini tadqiq etish nuqtayi nazaridan davlatning moddiy asosi sifatida
butunligicha ko‘rish;
– ikkinchidan, innovatsiyalarning alohida korxona faoliyatiga
taʼsirini tahlil qilishda alohida bozor subyekti sifatida qarash;
– uchinchidan, innovatsion siyosatni amalga oshirishning ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlarini o‘rganish.
Ushbu faoliyatni innovatsiyalar bajaradigan funksiyalardan kelib
chiqqan holda amalga oshirgan maʼqul. Maʼlumki, innovatsiyalar
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun,
fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish, milliy ishlab chiqarish sifati
va raqobatbardoshligini oshirish uchun, ijtimoiy ishlab chiqarishni
tarkibiy qayta qurish va xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining
taraqqiyoti uchun, sanoat uchun zarur xomashyo bazasini yaratish,
ishsizlik muammosini hal etish, shuningdek, boshqa ko‘pgina
muammolarni hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bularning
hammasi birgalikda mamlakat iqtisodiyotini sog‘lomlashtirishga
yordam beradi.
O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharo it la-
rida innovatsiyalar avvalambor uning barqaror o‘sishi uchun za rur-
543