Page 549 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 549

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             ko‘tarish bilan bog‘liq obyektlarni qayta qurish uchun mo‘ljallangan
             kapital qo‘yilmalar ancha yaqin hisoblanadi. Bugungi kunda faoliyat
             yuritayotgan kor xonalarni rekonstruksiyalash va texnik qayta
             qurollantirishga,  ishlab  chiqarishga  mo‘ljallangan  barcha  kapital
             qo‘yilmalarning yarmidan ko‘pi sarflanadi.

                Innovatsiyalarga intilishni hosil qiluvchi asosiy omil – bu tovarlarning
             ilmiy-texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha rentabellik va raqobatbardoshlik
             darajasining  pastligi  hisoblanadi.  Yangiliklarni  birin chilardan  bo‘lib
             joriy  etgan  tadbirkorlar  bozorlarga  ancha  yuqori  sifatli  mahsulotlar
             chiqaradilar  yoki  ancha  kam  sarf  qilib  tovarlar  ishlab  chiqaradilar.
             Texnik taraqqiyotdan orqada qoladigan, eskirgan mahsulotlar ishlab
             chiqaruvchi yoki eski texnologiyani ishlatuv chi tadbirkorlar bozordagi
             o‘z hissalarini yo‘qotadilar. Innovatsion faoliyatni boshqarish davlat
             iqtisodiy  siyosati  strategiyasi  doirasida  amalga  oshiriladi  va  bunda

             boshqaruvning asosiy vositasi davlat, uning alohida tarmoqlari va
             hududlarining  iqtisodiy  taraqqiyotining  yetakchi  yo‘nalishlariga
             mo‘ljallangan investitsion dasturlar va loyi halar bo‘lishi zarur.
                Investitsion jarayondagi innovatsiyalar muammosi sanoat majmui
             korxonalari  uchun  ancha  dolzarb  masaladir.  Real  ishlab  chiqarish
             sohasi taraqqiyotining yutuqlari joriy innovatsion qarorlarga bog‘liq
             bo‘ladi. Bu qarorlarning asosiy jihatlari quyidagilar: yangi mahsulot

             ishlab chiqarish, bozorni kengaytirish, uskunalar rekonstruksiyasi va
             yangilanishi  bilan  bog‘liq  takliflarni  asosiylashtirish,  bu  takliflarni
             amalga oshirish uchun zarur pul mablag‘lari manbalarini hisoblash,
             pul manbalarini baholash, innovatsion loyihalarni baholash va tanlash.
             Shunday qilib, iqtisodiy islohotlar davrida muhim masala bu – ishlab
             chiqarishda eskirgan texnologiyalarni ilg‘or, zamonaviy talablarga javob
             beruvchi  texnologiyaga  almashtirishni  taʼminlaydigan  faol  amalga
             oshiri ladigan ilmiy-texnik va innovatsion siyosatning yuritilishidir.
             Iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarining asosi sifatida innovatsion muhit

             qatnashadi  va  uning taraqqiyot darajasi  milliy  iqtisodiyot da yuz
             beradigan o‘zgarishlar tezligi va sifatini belgilaydi.
                Ishlab  chiqarish  sohasida  texnologiyalarni  yangilash  jarayo-
             ni  – bu turli manbalardan intellektual, moddiy resurslarni jalb

                                                  548
   544   545   546   547   548   549   550   551   552   553   554