Page 551 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 551
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
– iqtisodiyot va innovatsiyalarning o‘zaro aloqasi bu aloqa ning
miqdoriy va sifatiy tavsifini belgilovchi siyosat orqali amalga oshi-
riladi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar innovatsiyalarni davlat taraqqiyoti uchun
zarur moliyaviy resurslarni safarbar qilishning asosiy omili sifatida
tavsiflaydi. Sifatiy ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning samarali amal
qilishi uchun zarur innovatsiyalarning samaradorligini belgilovchi
ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi. Shunday qilib, innovatsiyalar va mamlakat
iqtisodiy taraqqiyoti munosabatlarining tavsifi va o‘zaro bog‘liqligini
tahlil qilish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Innovatsiyalar iqtisodiyot
bilan bog‘liq bo‘lib, ular iqtisodiy ko‘rsatkichlar yaxshilanishiga
taʼsir ko‘rsatib, iqtisodiyotning barqarorlashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal qilishga yordam beradi. Innovatsiyalar juda
muhim iqtisodiy kategoriyalardan hisoblanadi. Har qanday davlatda
belgilangan chegaradan past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan innovatsion
faollik va uning yanada susayishi milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid
soladi. Aynan shu sababli O‘zbekiston Respublikasida islohotlar
o‘tkazish sharoitlarida innovatsion faoliyat xususiyatlarini ilmiy
jihatdan asoslash zarurati seziladi. Innovatsiyalar va mamlakat
iqtisodiy holatining o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishning nazariy
va amaliy ahamiyati shundaki, u faol va samarali innovatsion siyosatni
ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va innovatsiyalar samaradorligiga
taʼsir etuvchi omillarni aniqlash imkonini beradi.
13.2. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion
faoliyatni boshqarish tajribasi
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ilmiy-texnik
siyosatining asosi – respublikada tovar va xizmatlarga bo‘lgan
ichki isteʼmolni tezroq qondirish va jahon bozorida raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarining
tubdan yangilanishiga yordam beruvchi ilmiy va texnologik
ishlanmalarni yaratishga xizmat ko‘rsatishdir.
AQShda “yangiliklarni joriy etish tushunchasi”ni “ilmiy-texnik
taraqqiyot” tushunchasi bilan almashtirishadi va bunda ilmiy-texnik
550