Page 537 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 537

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Ayniqsa, uning tugmali telefonlari asr boshlaridayoq mashhur bo‘lishga
             ulgurgan. Ammo barchasi qog‘oz zavodi va kauchuk ishlab chiqarishdan
             boshlanganini ko‘pchilik bilmasligi mumkin.
                Brend  tarixi  1865-yilda  konchilik  muhandisi  Fredrik  Idestam
             Tampere shahri yaqinida qog‘oz fabrikasini ochgani bilan boshlangan.

             Kompaniya Nokianvirta daryosi bo‘yida joylashgan Nokia shaharchasi
             sharafiga nomlangan. Aynan o‘sha yerda Idestam 1868-yilda ikkinchi
             qog‘oz fabrikasini quradi.
                Uch yildan so‘ng (1871-yil) Idestam o‘z do‘sti Leopold Mechelin bilan (o‘sha
             paytda Finlandiya Birlashgan Bankiga asos solgan) ikkinchi zavod joylashgan
             hudud nomi bilan ataluvchi “Nokia Ab” qo‘shma korxonasini tashkil etadi.
                Idestam  1896-yilgacha  zavodlarni  boshqargan,  shundan  so‘ng  u
             nafaqaga  chiqishga  qaror  qiladi  va  rahbarlikni  Mechelinga  beradi.
             Meche lin esa kompaniyani kengaytirishni boshlaydi, u biznes profiliga

             elektr energiyasini ishlab chiqarishni qo‘shishga qaror qiladi. Vaholanki,
             Idestam bunga qarshi bo‘lgan.
                Qarshiliklarga qaramay, 1902-yilga kelib “Nokia” elektr energiyasini
             ishlab  chiqarishni  boshladi.  Bir  necha  yil  o‘tgach,  biznesmen  Eduard
             Polonning Finlandiya kauchuk mahsulotlari zavodi paydo bo‘ladi va u
             ham “Nokia” nomidan foydalanadi.
                Biroz vaqt o‘tgach, uchta sanoat birlashishga qaror qildi: Fin kauchuk

             zavodi, kabel zavodi va qog‘oz zavodi birgalikda ishlay boshladi. Ular
             to‘rtta yo‘nalishga eʼtibor qaratishadi: qog‘oz, elektronika, kauchuk va
             kabel. 1960-yillarda kompaniyalar “Nokia” korporatsiyasini tashkil qi-
             lish uchun birlashadilar.
                1980-yillarning  boshidan  kompaniya  elektrotexnika  mahsulotlarini
             yig‘ish  va  ishlab  chiqarishni  faol  rivojlantira  boshladi.  1990-yillarda
             brend telefonlar ishlab chiqarishda yetakchiga aylandi.
                Birinchi GSM qo‘ng‘irog‘i 1991-yilda kompaniya uskunalari yordamida
             amalga  oshirilgan.  Mobil  telefon  sohasidagi  tezkor  muvaffaqiyat

             “Nokia”ga 1998-yilga kelib dunyodagi eng ko‘p sotiladigan mobil telefon
             brendiga aylanish imkonini beradi.
                2003-yilda  kompaniya  birinchi  kamerali,  2004-yilda  esa  sensorli
             ekranli  telefonlarni  taqdim  etadi.  2007-yilda  esa  200  mlndan  ortiq

                                                  536
   532   533   534   535   536   537   538   539   540   541   542