Page 562 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 562
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
– innovatsion faoliyatning nufuzli yo‘nalishlarini strategik reja
asosida aniqlash lozim, bunda innovatsiyalarni tashkil etishda
yetakchi rolni yuqori boshqaruv rahbariyati o‘ynaydi;
– butun innovatsion faoliyatni bozor ehtiyojlariga yo‘naltirish;
– innovatsion tuzilmalarni rivojlantirishni hisobga olgan holda
korxonaning boshqaruv tizimini qayta tashkil etish.
Davlat innovatsion siyosatining tadbirlari raqobatni rag‘batlanti-
rish, jamiyatni xabardor qilish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash
hamda standartlash kabilarni qamrab olishi zarur.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bevosita va bilvosita usul-
larda amalga oshiriladi.
Davlat innovatsion faoliyatning tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy,
meʼyoriy-huquqiy kabi barcha tartibga solish usullaridan keng
foydalanishi lozim. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni tartibga
solishning tashkiliy omillari quyidagilardan iborat:
– Respublika miqyosidagi va hududiy innovatsion dasturlarga
kiri tilgan innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash;
– innovatsion infrastruktura taraqqiyotiga ko‘maklashish;
– innovatsion faoliyatda kadrlar masalasini qo‘llab-quvvatlash;
– innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– innovatsion faoliyatni informatsion qo‘llab-quvvatlash,
jumladan, innovatsion sohada davlat siyosatining jihatlari to‘g‘risida-
gi axborotlar, tugallangan ilmiy-texnik tadqiqot to‘g‘risidagi
maʼlumotlarni, bajariladigan va tugallangan innovatsion loyihalar
va das turlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar olish borasida erkinlikni
taʼminlash.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning
moliyaviy omillariga quyidagilar kiradi:
– innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni taʼminlovchi budjet
siyosatini yuritish;
– davlat mablag‘larini innovatsion sohaga yo‘naltirish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish;
561