Page 564 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 564
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
korxona darajasida, shuningdek, integratsiyalashgan tashkilotlar va
hatto mamlakat miqyosida samarali moliyalashtirish tizimini talab
qiladi. Faqatgina shundagina mablag‘larni jamg‘arish va ularni sarf-
lash uchun zarur sharoitlar yaratilishi va ularni aniq yo‘nalishlarga
qaratish imkoniyati tug‘ilishi mumkin.
13.4. Innovatsion salohiyatning iqtisodiy mazmuni va
tarkibiy qismlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi innovatsion faoliyatning
muhim jihati ishlab chiqaruvchining imkoniyatlariga emas,
balki, isteʼmolchining talablariga qarab ish yuritilishidir. Ushbu
faoliyatning asosi ni “tadqiqot–ishlab chiqarish–isteʼmol” sikli
tashkil qiladi. Umumiy holda jamiyat manfaatlariga yo‘naltirilgan
bozorni ishlab chiqaruv chi va isteʼmolchining muayyan o‘zaro
iqtisodiy munosabatlariga asoslanadigan ijtimoiy mahsulotni sotish
sohasi deb baholash mumkin. Uning maqsadi jamiyat ehtiyojlarini
maksimal darajada qondi rishdan iboratdir.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida innovatsion salohiyat
iqtisodiy rivojlanishning asosiy manbasi sifatida qaraladi va
milliy boylikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda
innovatsion salohiyatni shakllantirish, qo‘llash, uning
mexanizmlarini joriy qi lish va undan samarali foydalanish
muammolari hozirgacha o‘z dol zarbligini saqlab qolmoqda.
Shunday ekan, innovatsion salohiyatdan samarasiz foydalanish
raqobatbardosh, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining
rivojlanish jarayonini sekinlashtiradi va mamlakatning iqtisodiy
o‘sish surʼatlarini pasaytiradi.
Innovatsion salohiyat resursli hamda natijali komponentlarni o‘zida
mujassam qiladi. Resursligi innovatsion salohiyat shakllantirilishi
bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z ichiga moliyaviy, moddiy va xodimlar bilan
bog‘liq tarkibiy qismlarni oladi. Moliyaviy tarkibiy qism ilmiy sohaga
kiritilgan moliyaviy qo‘yilmalarning hajmi bilan tasniflanadi. Moddiy
tarkibiy qism esa, ilmiy sohadagi asosiy va aylanma kapital holatiga
qarab belgilanadi. Xodimlar bilan bog‘liqlik mehnat resurslarining
563