Page 560 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 560
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda korxonalar tomonidan amalga
oshiriladigan tijorat innovatsiyalari uchun zarur iqtisodiy va ijtimoiy
muhitni yaratish;
– taʼlim, madaniyat, ekologiya, ijtimoiy himoya, mudofaa
kabi sohalarda davlat masʼuliyati talablariga javob beruvchi
innovatsiyalarni yaratish va tarqatish borasidagi maqsadli dasturlar
bo‘yicha davlat buyurtmalarini moliyalashtirish;
– alohida korxonalar uchun manfaatdor, ammo zarur darajada
yuqori daromad keltirmaydigan ishlanmalar va yangiliklarni qo‘llab-
quvvatlash va tanlab rag‘batlantirishni amalga oshirish.
Yuqorida belgilangan yo‘nalishlarning birinchisi, umuman, milliy
korxonalar raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan,
jumladan, korxonalarda ishchi o‘rinlarini saqlash va yaratish bo‘lib,
mazkur maqsadlar uchun soliq to‘lovchilar hisobidan tushuvchi
mablag‘lar sarflanadi.
Ikkinchi yo‘nalish taʼminotchilar va individual isteʼmolchilar
o‘r tasida bevosita ikki tomonlama kelishuvlar asosida o‘zlashtiri-
lishi yoki sotilishi mumkin bo‘lmagan neʼmatlar bozoriga xizmat
ko‘rsatadi. Mazkur kelishuvlar uchinchi shaxslarga kelishuvda
hisobga olinmaydigan tashqi ijobiy yoki salbiy taʼsir ko‘rsatishi
mumkin, chunki davlat taʼminotchi va isteʼmolchilar o‘rtasida ular
nomidan ish ko‘rib, mahsulotlar va xizmatlar sotib olib, tadqiqotlar
va ishlanmalarga buyurtma berish orqali vositachi sifatida faoliyat
ko‘rsatadi.
Uchinchi yo‘nalish ikkinchi yo‘nalish bilan maʼlum darajada o‘zaro
bog‘liq hisoblanadi, bunda davlat tashqi ijtimoiy samaralarga ega
bo‘lish maqsadida innovatsiyalarni moliyalashtiradi.
Innovatsion faoliyatni anʼanaviy ishlab chiqarish faoliyatidan
ajratuvchi tamoyillar tavsifi mavjudligini hisobga olish zarur:
1. Innovatsion tavsifga ega bo‘lgan va faqat kelgusida qoplanishi
mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarga ehtiyojning mavjudligi.
Shuni taʼkidlash lozimki, har bir alohida olingan innovatsiyalarda bu
sarflar individual tavsifga ega bo‘ladi – ular hajmi, qaytarish tezligi
ko‘pgina obyektiv va subyektiv holatlarga bog‘liq bo‘ladi.
559