Page 526 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 526

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
                           Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
            Korxonadagi  innovatsiyalar ilmiy  va texnologik taraqqiyotning
          mikro darajada namoyon bo‘lish shaklidir. Ular isteʼmolchilar ehti-
          yojlarini qondirish va tashkilot foydasini maksimal darajada oshirish
          uchun  mahsulot  turlarini  yangilashga,  sifatini  yaxshilashga  hissa

          qo‘shadilar.
            Korxonaning         innovatsion       (ilmiy-texnik)      rivojlanishining
          samaradorligi taʼsir samarasi (tashkilot foydasi) va unga sabab bo‘lgan
          xarajatlar nisbati asosida aniqlanadi. Innovatsion samaraning to‘rtta
          asosiy texnik, resurs, iqtisodiy va ijtimoiy turi farqlanadi.
            Korxonada innovatsiyalarni muvaffaqiyatli joriy etishga bir qator
          omillar taʼsir ko‘rsatadi, ular orasida quyidagilar muhim o‘rin tutadi:
            •  ilmiy-texnik salohiyat;
            •  ishlab chiqarish va moddiy-texnik baza;

            •  resurslarning asosiy turlari;
            •  yirik investitsiyalar;
            •  tegishli boshqaruv tizimi.
            Ushbu omillarning to‘g‘ri nisbatini tanlash va ulardan samarali
          foydalanish,  shuningdek  kompaniyaning  innovatsion,  ishlab
          chiqarish  va  marketing  faoliyatlaridan  tarkib  topgan  boshqaruv
          tizimi innovatsion strategiyani amalga oshirishda ijobiy natijalarni

          beradi.
            Korxonaning        innovatsion       rivojlantirish     uning      faoliyati
          samaradorligini oshirishning muhim manbai hisoblanadi.
            Innovatsiya  – bu boshqaruv obyektini o‘zgartirish va iqtisodiy,
          ekologik, ilmiy, texnik yoki boshqa turdagi samarani olish borasida
          innovatsiyani joriy etishning yakuniy natijasidir.
            Ilmiy-texnik  taraqqiyot  –  bu  fan,  texnik  va  texnologiyaning
          uzluksiz rivojlanishi, mehnat predmeti, mehnat va ishlab chiqarishni
          tash kil etish shakl va usullarining muttasil takomillashib borishini

          ko‘z da  tutuvchi  jarayon  hisoblanadi.  U  mehnat  shart-sharoitlari-
          ni yax shilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va pirovardida millat
          farovonligini  oshirish  kabi  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  hal
          qilish ning eng muhim vositasi sanaladi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot

                                               525
   521   522   523   524   525   526   527   528   529   530   531