Page 100 - Tibbiy radiologiya
P. 100

99

                  duodenum  (4-10%),  oshqozon  va  qizilo’ngachda  1-3%.  O’zgarishlar:  1)  o’tkir
                  bosqichda – aftoz (yuzaki) yaralar diametri 5 mm gacha,  shilliq qavat shishgan,

                  relyef  yo’qolishi  mumkin,  «bulыjnaya  mostovaya»  simptomi  (toshdan  terilgan
                  yo’l), stenoz (shish va spazm tufayli), devor rigidligi, ichaklar bir biriga yopishishi

                  (separatsiya)  va  siljishi  2)  surunkali  bosqichda  –  chandiqli  stenoz  (shnur
                  simptomi).  Asoratlari:  fistula  va  abstsesslar  (40%gacha),  stenoz,  perforatsiya,
                  toksik megakolon, gidronefroz, adenokartsinoma ehtimoli x4-20 baravar oshishi.
                         Ichak  tutilishi.  Turlari  ingichka  ichakli  (80%)  va  yo’g’on  ichakli  (20%),

                  mexanik  (ovqat  o’tishiga  to’sqinlik)  va  dinamik  (ichaklar  paralichi).  Mexanik
                  ichak tutilishni sabablari: 1) tashqaridan - adgeziv peritonit, churra, strangulyatsion
                  (ichaklar  burilib  qolishi),  hajmli  tuzilmalar  2)ichkaridan  –  yot  tana,  bezoar,  o’t

                  toshi, invaginatsiya, 3) devoridan – o’smalar, yallig’lanish jarayoni. Mexanik ichak
                  tutilishda  –  peristaltika  saqlanadi,  dinamikada  tasvir  o’zgaradi,  stenozgacha
                  ichaklar  kengaygan,  distal  ichaklar  esa  torayganligi  aniqlanadi.  Dinamik  ichak

                  tutilishi  sabablari:  operatsiyadan  so’ng  (4  kundan  keyin  o’tib  ketadi),  vistseral
                  og’riqlar (tosh, o’sma, travma va x.k.), Qorin bo’shlig’i ichki yallig’lanish jarayoni
                  (xoletsistit,  appenditsit  va  x.k.),  ichaklar  ishemiyasi,  antixolinergik  preparatlar,

                  neyromushak  va  sistemali  kasalliklari,  ko’krak  qafasi  va  retroperitoneum
                  kasalliklari. Dinamik ichak tutilishida  peristaltika kuzatilmaydi, dinamikada tasvir
                  o’zgarmaydi, stenoz joyi aniqlanmaydi, ichaklar diffuz kengaygan.
                         Ichak  tutilishini  asosiy  rentgenologik  belgisi  kloyber  kosalari–  kengaygan

                  ichaklardagi  suyuqlik  va  gaz  satxlari.  Ular  tutilishdan  keyin  3-5  soatdan     keyin
                  paydo bo’ladilar. Tashxis uchun ular 3 dan ko’p va diametri 3 sm katta bo’lishi

                  kerak.  Ingichka  ichakdagi  kloyber  kosalari  Qorinning  o’rta  va  pastki  qismida
                  joylashadilar, o’lchamlari nisbatan kichik va diametri balandligiga nisbatan katta
                  bo’ladi.  Yo’g’on  ichakdagi  kosalar  Qorin  periferiyasida  ko’proq  joylashadilar,
                  o’lchamlari nisbatan katta bo’ladi, diametri balandlikka mos yoki katta bo’ladi.

                         Ichak  tutilishida  oddiy  rentgenografiya,  ultrasonografiya,  KT  va
                  irrigoskopiya o’tkaziladilar. Bariy ichirilib tekishirish o’tkir ichak tutilishda samara
                  bermaydi,  surunkalida  –  bariy  passaji  o’rganilishi  mumkin.  Passaj  –  bariyni

                  oshqozon ichak traktidan o’tishi.
                         Yo’g’on ichak raki. Oshqozon ichak traktini eng ko’p uchraydigan o’smasi.
                  Erkaklarda o’pka va prostata bezi rakidan, ayollarda o’pka va ko’krak bezi rakidan

                  keyin 3 o’rinda turadi. Xavf omillari: 1) adenomatoz poliplar - 93% holatda rak
                  shu poliplardan kelib chiqadi. 2) yaqin qarindoshlarda o’sma bo’lgani xavfni 3-5
                  baravar oshiradi 3) bemorda boshqa raklar bo’lgani (tuxumdon, endometriy yoki

                  ko’krak  bezi)  4)  yarali  kolit  va  kron  kasalligi  5)  nur  terapiyasi  va  boshqalar.
                  Joylashishi: ko’proq chap tarafda (ayniqsa sigma-simon va to’g’ri ichakda), lekin
   95   96   97   98   99   100   101   102   103   104   105