Page 98 - Tibbiy radiologiya
P. 98
97
Leyomioma. Poliplardan so’ng oshqozon xavfsiz o’smalaridan 2 o’rinda turadi.
2/3 leyomiomalar oshqozonda uchraydi. Belgilari – o’rta o’lchamlari 5 sm atrofida,
yumaloq shakl va aniq tekis chegarali, submukoz yoki subseroz o’sma, to’lish
defekti, oshqozon ichki devori bilan to’g’ri burchak hosil qiladi, 50% yaralanadi,
o’sishi sekin. Asoratlari. 1) qon ketish, obstruktsiya, infektsiya tushishi,
perforatsiya, malignizatsiya.
103-rasm. Oshqozon polopi.
O’n ikki barmoqli ichak yaralari. Oshqozon yaralari nisbatan 2-3 baravar
ko’proq uchraydilar, ko’proq erkaklarda (3:1). Lokalizatsiya – 95% piyozchada,
o’lchami 1 sm dan kichik, Nisha simptomi, yallig’lanish vali, burmalar
kovergentsiyasi, oldi va orqa devorida joylashsa – «seluyushiesya» (o’pishgan)
yaralar deb ataladi. Yara 85% holatda piyozcha deformatsiyasiga olib keladi –
kichrayish, qum soati shakli, cho’ntaklari divertikul simon kengayishi, Trilistnik
simptomi. Asoratlari oshqozon yarasidek lekin malignizatsiya yo’q. Oshqozon va
12 barmokli ichak yarasidagi stenozlar turi: kompensatsiyalashgan (oshqozondan
evakuatsiya saqlangan), subkompensatsiyalashgan (bariy 1 sutka ichida
oshqozondan chiqib ketadi), va dekompensatsiyalashgan (1 sutkadan keyin
oshqozonda bariy kuzatiladi.