Page 101 - Tibbiy radiologiya
P. 101

100

                  yosh  o’tgan  sari  o’ng  tarafga  «siljiydi».  Usullar  ahamiyati  1)endoskopiya  ko’r
                  ichakni 10-36% bemorlarda ko’rolmaydi 2)irrigoskopiya polip 1 sm katta bo’lsa

                  94% gacha, 1 sm kichik bo’lsa 72% gacha holatlarda aniqlaydi. Turlari: 1) polipoid
                  (qon  ketish,  invaginatsiya),  2)  annulyar  yarali  3)  egar-simon  =  1+2,    4)  skirr.

                  Rentgen-belgilari:  to’lish  defekti,  relyef  buzilishi,  stenoz,  peristaltika  yo’qligi,
                  yara. Asoratlari: obstruktsiya, perforatsiya, abstsess, fistula, invaginatsiya.

                  Yarali kolit. ko’p uchraydigan idiopatik yallig’lanish kasalligi.

                  Uchrayshi  20-40,  60-70  yoshda.  Erkak:ayol  =  1:1.  Klinik  –  remissiya  va
                  o’tkirlanish,  qonli  diarreya,  elektrolitlar  kamayishi,  harorat  va  sistemali
                  zaxarlanish, og’rik. Ekstrakolonik o’zgarishlar: terida toshmalar, xolangit, gepatit,

                  jigar  yog’li  distrofiyasi,  artrit  va  spondilit,  tromboz.  Joylashishi:  rektosigmoid
                  (95%) va pastki tushuvchi ichak.
                  Bariy bilan rentgenoskopiya.

                  O’tkir  bosqichda:  simmetrik  torayish  (stenoz  va  shilliq  qavat  shishi  tufayli),
                  shilliq qavatni shishi, mayda granulyatsiyalar, yuzaki yaralar, sekretsiya oshishi va
                  shu tufayli konturlar noaniq ko’rinishi mumkin.

                  O’tkir  osti  bosqichda:  gaustralar  deformatsiyasi,  yallig’lanish  poliplari,  dag’al
                  granulyatsiyalar.
                  Surunkali: ichak qisqarishi, gaustralar deformatsiyasi va yo’qolishi, truba simptomi
                  (kengaymaydigan,  gaustratsiyasi  yo’q,  shilliq  qavati  yaxshi  ko’rinmagan  ichak),

                  oshgan sekretsiya, yallig’lanish poliplari, peristaltika yo’qolishi, granulyatsiyalar,
                  ileit.
                  Kt – devori kallinlashgan lekin < 10 mm.
                  Asoratlari: toksik megakolon + perforatsiya (10%), adenokartsinoma (5%), strikturalar  (10%),
                  perforatsiya.

                  Kron va yarali kolit farqlari:
                  Parametr                    Kron kasalligi      Yarali kolit
                  Uchrashi                    Ileum va  yo’g’on  Faqat  yo’g’on
                                              ichak               ichak
                  Tarqalishi                  Lokal               Tarqalgan
                  Joylashishi                 O’ng tomonda        Chap tomonda
                  Yaralar                     Chuqur              Yuzaki
                  Qisqarishi                  Yo’q                Bor
                  Simmetrik                   Yo’q                Xa
                  Kartsinoma  kelib  chiqishi  Kamroq             Ko’proq
                  ehtimoli
                  Megakolon                   Kam                 Ko’proq
                  Fistula                     Xa                  Yo’q

                  Tuzuvchilar: B.R. Axmedov, G.B.Xaydarova
   96   97   98   99   100   101   102   103   104   105   106