Page 96 - Tibbiy radiologiya
P. 96
95
99-rasm. Oshqozon antral qismi polipini(adenoma) o’n ikki barmoqli ichak piyozcha
qismiga prolapsi.
Oshqozon yarasi. 95% holatda xavfsiz. Ko’proq keksa yoshda uchraydi,
erkaklar:ayollar=1:1. 10% ko’p sonli, ayniqsa aspirin qabul qiluvchi bemorlarda.
Joylashishi: kichik egrilik, tana va antrum o’rtasida, antrum va subkardiya. 2 sm
dan kichik. Belgilari – bevosita va bilvosita. Bevosita – 1) tokcha simptomi
(konturdagi yoki relyefdagi tokcha), relyefdagi tokchani ba’zida bariy dog’i yoki
bariy deposi deb ataladi 2)tokcha atrofidagi yallig’lanish infiltrati (vali). Bilvosita
– tonus oshishi, peristaltika oshishi, lokal spazm (ko’rsatkich barmoq simptomi),
gipersekretsiya, atrof relyef o’zgarishi (shishi yoki burmalar konvergentsiyasi),
lokal og’rik yara sohasida. Burmalar konvergentsiyasi surunkali yara belgisi va
chandiqlanish tufayli kelib chiqadi. Yara asoratlari – qon ketish, perforatsiya,
penetratsiya, chandiqli stenoz va malignizatsiya. Penetratsiyalangan yara belgilari
– chuqur, divertikul simon, uch qavatli (havo, shilliq, bariy), va fiksatsiyalashgan.
Chandiqli stenoz oshqozonda – shilliq qurt (xaltacha) yoki qum-soati shaklida
uchraydi, birinchisi ko’proq. Perforatsiyada asosiy usul oddiy rentgenografiya
diafragma ostida gaz yig’ilishi ko’rsatadi, gaz kam bo’lsa ko’rsatmasligi mumkin,
bu holatda KT qilinishi tavsiya qilinadi. Bariy bilan tekshiruv perforatsiyada
tavsiya etilmaydi.