Page 91 - Tibbiy radiologiya
P. 91
90
Qizilo’ngach divertikuli. Divertikul deb bo’sh a’zo devori lokal bo’rtishi ataladi.
Hamma bo’sh a’zoda uchrashi mumkin.
Qizilo’ngachda turlari –
1) Pulsion - devori sustligi va ovqat bosimidan kelib chiqadi, yumaloq shaklda,
ichida ovqat (bariy) ushlanib qoladi, qizilo’ngach bo’shlig’i bilan bo’yin orqali
bog’langan. Ko’pincha soxta bo’ladilar – faqat shilliq qavati bo'rtadi.
Joylashishi bo’yicha tsenker divertikuli (bo'yin, faringoezofageal),
aortobronxial (aorta ravog’i va chap asosiy bronx o’rtasida), epifrenal (kam
uchraydi, ko’pincha qizilo’ngach diafragma teshigi churrasi bilan).
2) Traktsion – tashqaridan adgeziv jarayon tufayli qizilo’ngach devori tortilib
qoladi, uch burchak shaklida bo’ladi, bariy ushlanib qolmaydi. Doim chinakam
bo’ladilar – hamma devor qatlamlari bo'rtadi. Joylashishi bo’yicha ko’pincha bu
bifurkatsion (yallig’langan limfotugunlar qizilo’ngach devorini tortadi).
Divertikullar asorati – divertikulit, qizilo’ngach siqilishi, perforatsiya.
93-rasm. Qizilo`ngach divertikullari.