Page 86 - Tibbiy radiologiya
P. 86
85
Аxalaziyada kardial sfinkter faoliyati buziladi, qizilo’ngachni distal qismi
«sichqon dumi», chumchuq tumshug’i shaklida. Axalaziya sababi auerbach plexus
degeneratsiyasi bilan bog’liq. Bu kasallikda parodoksal disfagiya kuzatiladi,
suyuqlik ushlanib qoladi, «qattiq» ovqat o’tadi. Axalaziya rentgen belgilari:
1)qizilo’ngach distal qismi simmetrik chegarasi tekis torayishi 2) qizilo’ngach
diffuz suprastenotik kengaygan, uzunlashgan, xattoki ko’ks oralig’i soyasini ham
kengaytirishi mumkin. 3)oshqozon gaz pufagi kichraygan (yo’qolgan), 4)ko’ks
oraliq soyasi fonida gorizontal suyuqlik darajasi 5)traxeya oldinga siljishi
6)aspiratsion pnevmoniya.
82-rasm. Axalaziya.ko’ks oraligi o’rta darajada kengaygan. Yurak siluetida havo- suyuqlik
satxini aniqlanishi(strelka) kengaygan qizilo’ngachda suyuqlik borligini bildiradi.
A-rasm. B-rasm.
83 - rasm. Kengaygan qizilo’ngach. Gastroezofageal ,,sigmasimon” ichak ko’rinishida kengaygan
qizilo’ngach.