Page 83 - Tibbiy radiologiya
P. 83
82
Radionuklid tekshiruvlar.
Quyidagi yo’nalishlarda olib boriladilar.
1. Oshqozon-ichak funktsional holatini o’rganish (peristaltika, evakuatsiya,
reflyukslar). Bariy bilan rentgenoskopiyaga qaraganda bu usul fiziologik
hisoblanadi chunki radiofarmmodda kashaga (bo’tqaga) qo’shib beriladi (bariy
esa suyuqroq modda va tezroq oshqozon-ichak traktidan o’tadi) va bundan
tashqari natijalarni ob’ektivlash mumkin – masalan radioaktivlikni o’lchab
gastroezofageal reflyuksni yoki stenozda oshqozonda qancha modda qolganini
o’lchash mumkin. Bariy bilan tekshiruvda bu ko’rsatkichlar taxminan aytiladi.
2. Ichaklardan ayniqsa ingichka ichak distal qismidan yashirin qon ketishlar
(endoskopiyada ko’rib bo’lmaydi, axlat rangi o’zgarmasligi mumkin) –
eritrotsitlarga radioaktiv modda biriktiriladi va qonga yuboriladi, axlatni
radioaktivligini o’lchab ichakdan qon ketishini tasdiqlash mumkin.
Angiografiyaga nisbatan bu usul sezgirroq hisoblanadi.
3. Ichaklar aro abssesslar. Mayda bo’lsa boshqa usullar (KT, MRT) ko’rsatmasligi
mumkin. Bemorni leykotsitlari olinadi, ularga radioaktiv modda biriktiriladi va
qonga yuboriladi. Radioaktiv leykotsitlar abstsess sohasida yig’ilib «issik
o’choq» simptomini hosil qiladilar.
4. Malabsorbtsiya sindromini o’rganish. Vitamin, yog’ moddalari hazm bo’lishini
o’rganish uchun bu moddalar radioaktiv holda bemorga beriladi. Hazm bo’lsa
tanada qoladi, hazm bo’lmasa axlat bilan tushib ketadi. Tana yoki axlat
radiometriyasini o’tkazib qanchasi hazm bo’lganini aytish mumkin.
Oshqozon misolida usullarni qiyosiy ahamiyati.