Page 81 - Tibbiy radiologiya
P. 81
80
oshqozonda bemor boshida 1-2 qultum bariy ichadi, va shifokor qoringa bosib
bariyni shilliq qavati bo’yicha tarqatadi (noto’liq bosqich), keyin bemor 1 stakan
bariy ichadi (to’liq bosqich). Yo’g’on ichak tekshiruvida (irrigoskopiyada)
bemorga boshida 1 l bariy klizma qilinadi (to’liq faza), keyin bemor hojatxonaga
borib kelgandan keyin noto’liq faza bo’ladi. Qizilo’ngachda bariy o’tish vaqtida
to’liq faza, o’tib bo’lgandan keyin (5-10 s) noto’liq faza bo’ladi.
Unchalik aniq anatomik ma’lumot kerak bo’lmaganda (asosan bu qisman ichak
tutilishda passaj o’rganiladi) yo’g’on ichakni antegrad yo’l bilan to’latib ko’rish
mumkin, bunda bemor 1-2 stakan bariy ichadi va ertasi kuni tekshiruvga keladi,
bariy axlat bilan aralashgan bo’ladi va ma’lumot aniq bo’lmaydi. Rak, poliplar,
yaralarda va boshqa muhim patologiyalarda faqat irrigoskopiya qilinishi lozim.
Ingichka ichak tekshirilishi – 1) 1 stakan bariy va 15-30 min ichida ingichka ichak
tasvirlanadi 2)enteroklizma orqali (nazoenteral zond orqali bariy ingichka ichakka
yuboriladi, ichak yaxshiroq to’ladi va o’zgarishlar yaxshiroq ko’rinadi.
Oddiy (kontrastsiz) rentgenografiya ahamiyati.
1. Ichak tutilishi – kloyber kosalari simptomi
2. Bo’sh a’zo perforatsiyasi – diafragma ostida o’roqsimon shaklida gaz yig’ilishi
(yorug’ bo’lib ko’rinadi).
3. Rentgen pozitiv yot tana
4. Qorin bo’shlig’i kaltsinatlari - o’t qopida toshlar, limfa tugunlar oxaklanishi,
venalarda (flebolitlar), o’smalar, kistalar, ichakdagi axlat oxaklanishi
(koprolitlar).
5. Gaz hosil qiluvchi abssesslar – suyuqlik va gaz gorizontal satxi ko’rinadi.
6. Astsit
7. Ichak pnevmatozi
8. Oshqozon gaz pufagi o’zgarishlari – axalaziyada (boshqa keskin stenozlarda),
qizilo’ngach diafragma teshigi churralarida oshqozon gaz pufagi kichrayadi,