Page 79 - Tibbiy radiologiya
P. 79
78
79-rasm. O`n ikki barmoqli ichak anatomik tuzilishi.
USULLAR
Oshqozon ichak kasalliklari tekshiruvida birlamchi va asosiy usullar – endoskopiya
va kontrast rentgenoskopiya.
Endoskopiya afzalligi. 1)shilliq qavatni baxolash ayniqsa erta o’zgarishlarni
(yallig’lanish, eroziya va rak), 2)kichik xirrurgik, diagnostik va davolash
muolajalari (operatsiyalar, qon ketishlarni to’xtatish, lazer, maxaliy dori yuborish
va x.k.) 3)arzon 4)nurlanish yo’q.
Endoskopiya kamchiliklari: 1) o’tkazilishi bemor uchun og’ir 2)funktsional
ma’lumot bermaydi 3) ingichka ichak distal qismlarini ko’rib bo’lmaydi 4) erta
operatsiyadan so’ng qo’llab bo’lmaydi 5) oshqozon-ichaklarda faqat shilliq qavatni
ko’radi, boshqa anatomik ma’lumot kam beradi (a’zo joylashishi, shakli,
konturlari, hajmi).
Bariy bilan rentgenoskopiya ahamiyati. 1) funktsional ko’rsatkichlar (peristaltika,
evakuatsiya, sfinkterlar xolati) 2)umumiy anatomik ma’lumot (joylashishi, shakli,
o’lchamlari va konturlari) 3)shilliq qavat holati (lekin endoskopiyadan qolishadi).
Endoskopiya va kontrast rentgenoskopiya oshqozon ichakni ichidan ko’radi,
a’zoda tashqarida tarqalgan jarayonni ko’rsatmaydilar. Jarayon devorga
tarqalishini rentgenoskopiyada peristaltika lokal pasayishidan shubha qilish
mumkin.