Page 76 - Tibbiy radiologiya
P. 76
75
6. Ildizlar o'yini – oq poroklar
Qon hajmi ko'p bo'lsa yurak yaxshi uradi, kengaygan kamera qon tomir
pulsatsiyasi ham kuchayadi.
11-rasm
76-rasmda trapetsasimon yurakning rentgenologik holati ifodalangan.
YURAK ISHEMIK KASALLIGI NUR TASHXISI.
Bu kasallikda turli usullar o’tkaziladi. Miokard perfuziyasini konstrast KT va
MRTda, radionuklid tekshiruvda o’rganish mumkin. Infarkt sohasini bevosita
radionuklid usullar tasvirlaydi, KT, MRT va sonografiya bilvosita va asoratlarni
ko’rsatadilar – infarkt sohasi miokard qalinligi kichrayadi, atrof miokard
qalinlashadi, lokal a/gipo/diskineziyalar, yurak ichki trombi, chap qorincha
anevrizmasi, devor va to’siqlar yirtilishi, perikardial suyuqlik va x.k.. Yurakning
gemodinamik parametrlari (haydash fraksiyasi) asosan sonografiyada (eng
arzon) yoki radionuklid usullarda baxolanadi, kamroq MRT va angiografiya
qo’llanadilar. Yurakdagi (koronar arteriyalardagi) Kalsinatlarni hisoblash
uchun (calcium score) KT qo’llaniladi. Koronar arteriyalarni holati angiografiya
va KT-angiografiyada o’rganish mumkin. Oddiy angiografiyada qo’shimcha
endovaskulyar muolajalar o’tkaziladi (ballon dilatatsiya va stendlash.