Page 72 - Tibbiy radiologiya
P. 72
71
O’ng kameralar kattalashi qon hajmi va gipertenziyaga bog’lik. CHap kameralar
kattalashishi qaytgan qon hajmiga bog’lik.
UB UK UAr CHB CHK KAo
BY N/+ N/+ + + + +
BAD + + + N N -
QAD N/+ + + + + -
+ - kattalashgan, - kichiklashgan, N – norma
74-rasmda qorinchalar aro tosiq nuqsonida yurakning rentgenologik korinishi.
O'pka arteriyasi pulsatsiyasi kuchayadi (o’pka ildizi raqsga tushadi). Aorta
pulsatsiyasi BAD va QAD kamayadi, BYda ko’tariluvchi aortaniki kuchayadi.
CHap bo’lmacha kattalashishi shunt mitral klapanga distal joylashganini anglatadi.
BYda o’ng kameralar faqat gipertenziya rivojlanganda kattalashadilar. BAD asosiy
o’zgarishlar yurakni o’ng tomonida ro’y beradi, o’ng qorincha yurakning chap
konturini hosil qilishi mumkin, QAD ko’pincha hamma kamera kengayadi (UB
oxirgi bo’lib).
Fallo tetradasi gemodinamikasi.
1)Yo’qori QAD 2)o’nga siljigan aorta (ikkala qorinchadan qon oladi) 3)o’pka
arteriyasi stenozi 4)o’ng qorincha gipertrofiyasi. Qon sistolada o’ng qorinchadan
chap qorincha, aortaga va o’pka arteriyasiga ketadi, o’pkaga kam qon boradi
(gipovolemiya) chunki o’pka arteriyasi toraygan.