Page 77 - Tibbiy radiologiya
P. 77
76
Asosiy usul YUIKda angiografiya hisoblanadi va hozirgi kunda rivojlangan
mamlakatlarda erta qo’llaniladi va kerak bo’lsa endovaskulyar muolajalar
o’tkaziladi. Rivojlangan bosqichda, stenotik o’zgarishlar diffuz bo’lganda
endovaskulyar muolajalar yerdam bermaydi.
PERIKARD KASALLIKLARI. Perikardda suyuqlik yig’ilishini tasvirlash
uchun sonografiya va KT yaxshi. Oddiy rentgenografiyada yurak soyasi o’zgarish
uchun ~ 500 ml suyuqlik kerak. Sonografiyada qo’shimcha suyuqlik aspiratsiyasini
(perikardiotsentez) nazorat kilish mumkin. MRT qimmatligi tufayli perikardial
suyuqlik diagnostikasida kam qo’llaniladi.
Surunkali perikarditda – perikard qalinlashadi va oxaklashadi. Bu o’zgarishlarni
tasvirlashda KT boshqa usullarga qaraganda ustun turadi. Kalsinatlar oddiy
rentgenografiyada ham yaxshi ko’rinadi. Sonografiyada tashxis qiyinchilik
tug’dirishi mumkin, ayniqsa perikardda suyuqlik bo’lmaganda.
Tuzuvchilar: B.R. Axmedov, D.D.Zulpikariyev