Page 73 - Tibbiy radiologiya
P. 73
72
UB UK UAr CHB CHK KAo
FT N/+ + - N N +
+ - kattalashgan, - kichiklashgan, N – norma
pentada = tetrada + BAD, triada = tetrada – 1) – 2) + BAD
Yurak oyoq kiyim (botinka) shaklida, o’ng qorincha yurakni chap konturiga
chiqadi, to’sh suyagi bo’rtishi mumkin (Yurak bukiri).
10-rasm
75-rasmda Fallo tetrad da yurakning rentgenologik ozgarishi ifodalangan.
Dilatatsiya va gipertrofiya farqi.
Yurak kameralari dilatatsiya yoki gipertrofiya tufayli kattalashishlari mumkin.
Dilatatsiyada Yurak hajmi kattaroq bo’ladi. Dilatatsiya va gipertrofiya doim birga
bo’ladilar lekin bittasi ko’proq bo’ladi. Stenozlarda ko’proq gipertrofiya bo’ladi –
qarshilik oshganda (Yurak uncha katta bo’lmaydi), yetishmovchiliklarda ko’proq
dilatatsiya bo’ladi – qon hajmi ko’payganda (Yurak nisbatan katta bo’ladi).
Gipertrofiya dekompensatsiyada dilatatsiyaga aylanadi.
Bo’lmacha va qorincha aro klapanlar qorinchaniki. Shuning uchun qorincha
kattalashsa ular sistolada yaxshi yopilmaydilar va nisbiy yetishmovchilikga olib
keladilar. Demak qorincha kengaysa vaqti kelib orqasidan bo’lmacha ham
kengayadi.