Page 69 - Tibbiy radiologiya
P. 69
68
YURAK VA QON-TOMIRLAR KASALLIKLARI NUR TASHXISI
ORTTIRILGAN VA TUG’MA POROKLAR.
Ularning tashxisi sonografiyadan boshlanadi, sonografiya poroklarni bevosita va
bilvosita belgilarini ko’rsatadi. Bevosita belgilar – klapanlar torayishi, holati
(Kalsinat, vegetatsiya), harakati; patologik oqimlar, boshqa anatomik defektlar.
Bilvosita belgilar – asosan yurak va qon tomirlar kattalashishi va funksional
o’zgarishlar. Porok yaxshi rivojlangan darajada tashxis qiyinchilik tug’dirmaydi.
Rentgenologik tekshiruvlar qisqa variantda bo’lsa ham doim qo’llaniladilar. Bu
yerda tashxis bilvosita belgilar (yoylar kattalashishi), o’pkadagi o’zgarishlar va
funksional o’zgarishlarga asoslanadi. Tug’ma poroklarda doim angiografiya
qilinadi (oltin standart).
ORTIRILGAN POROKLAR GEMODINAMIKASI
Mitral stenoz. Mitral teshigi torayishi - chap bo’lmacha gipertrofiyasi – chap
bo’lmacha dilatatsiyasi – o’pkada qon dimlanishi (erta bo’ladi) – Kitayv refleksi
(«o’pkani sildan saqlaydi», arteriolalar qisqarishi) – arterial gipertenziya – o’ng
qorincha gipertrofiyasi – dilatatsiyasi – nisbiy 3 tabaqali klapan yetishmochiligi –
o’ng bo’lmacha dilatatsiyasi – katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi. Aorta
va chap qorincha qon ozligi tufayli gipoplastik bo’ladilar. Mitral stenozda Yurak
katta bo’lmaydi lekin o’pkada o’zgarishlar erta boshlanadi (xos).
Mitral yetishmovchilik. Sistolada qonni bir hajmi bo’lmachaga qaytib boradi va
diastolada yana qorinchaga tushadi. Bu qon aortaga chiqolmaydi va shuning uchun
ortiqcha yoki o’lik qon hajmi deb ataladi. Bu o’lik qon hajmi bo’lmacha va
qorinchalararo ballotatsiya bo’ladi, vaqt o’tgan sari ko’payadi va bo’lmacha va
qorinchani dilatatsiyasiga olib keladi. Dekompensatsiya va o’pkadagi o’zgarishlar
nisbatan kech bo’ladi. Bo’lganda mitral stenoz sxemasi bo’yicha rivojlanadi. CHap
bo’lmacha anevrizmatik kengayadi (xos).