Page 64 - Tibbiy radiologiya
P. 64
63
Umurtqa pog’onasidan o’rta chiziq o’tkazilganda Yurakning 1/3 kismi o’ngda, 2/3
kismi chapda joylashadi. Yurakning o’ng chegarasi – umurtqa pog’onasi chetidan
2 sm chiqib turadi. Yurakning chap chegarasi – medioclavicularis chizig’iga 1.5-
2.0 sm yotmaydi. Aorta ravog’i o’mrov suyagiga 1.5-2.0 sm yotmaydi. Tog’ri
proyeksiyada chapdan o’pka arteriyasi va chap bo’lmacha yoylari uzunligi
normada 1.5-2.0 sm. Yurak va qon-tomirlar soyalari balandligi 1:1 (atriovazal
burchak o’rtada joylashadi). Kardiotorakal indeks – Yurakning ko’ndalang
diametri ko’krak qafasni ichki diametriga nisbati – normada 1:2 (50%).
Retrokardial soha o’ng qiya proyeksiyada – 3 sm. CHap qiya proyeksiyada chap
qorincha soyasi umurtqa pog’onasi soyasiga 1 sm gacha tushib qolishga «haqqi
bor». Yurakning eng oldi kamerasi – o’ng qorincha, eng orqa kamerasi – chap
bo’lmacha. Pastga tushuvchi aorta ko’tariluvchiga nisbatan orqada joylashadi.
CHap bo’lmacha kattalashganda qizilo’ngach siljiydi – katta radius >6 sm
(dilatatsiya), yoki kichik radius < 6 sm bo’yicha (gipertrofiya). Qizilo’ngach aorta
ravog’i darajasida ham siljishi mumkin. Demak patologiyada qizilo’ngachni
siljitishi mumkin chap bo’lmacha, pastga tushuvchi aorta va aorta ravog’i.
3-rasm
A B
68-rasm A da yon proyeksiadagi yurakning rentgenologik korinishi. 3-rasm B da togri
proyeksiadagi yurakning rentgenologik korinishi va yurak yoylari ifodalangan.
Nega rentgenologik tekshiruv nisbiy anatomik ma’lumot beradi?
1. Yurak kamerali va qon tomirlarni faqat yoylari ko’rinadi, bo’shlig’ini o’lchab
bo’lmaydi.