Page 60 - Tibbiy radiologiya
P. 60

59



                                                           IV-BOB
                  YURAK VA QON-TOMIRLAR KASALLIKLARI NUR TASHXISI



                                                 TEKSHIRISH USULLAR

                         Ultrasonografiya.  Tug’ma  va  ortirilgan  poroklarda  birlamchi  va  asosiy

                  usullardan hisoblanadi. Transtorakal va transezofageal uslublari bor. Sonografiya

                  real vaqtda tasvir beradi va EKG bilan sinxronizatsiya qilinishi mumkin. B-rejimda

                  yurak  kameralari,  miokard,  perikard,  qorinchalararo  to’siq,  klapanlar  faoliyati,

                  gemodinamik parametrlar, qon tomirlar proksimal qismi o’rganiladilar. Dopplerda

                  normal va patologik qon oqimlar (shunt, regurgitatsiya) tavsirlanadi va bosimlar

                  gradiyenti  o’lchash  mumkin.  M-rejim  o’lchamlar  uchun,  klapanlar  va  miokard

                  harakatini  o’rganish  uchun  B-rejimga  qo’shimcha  uslub  sifatida  qo’llaniladi.


                  Poroklarni  bevosita  belgilari  ko’rinadi  (shunt,  regurgitatsiya,  stenoz  maydoni,
                  bo’lmachalar  va  qorinchalararo  to’siqlar defektlari va x.k.), lekin belgilar kichik


                  bo’lsa  ko’rinmasligi  mumkin.  Arzon  usul,  qarshi  ko’rsatmalar,  nurlanish  yo’q.
                  Emfizema kasalligi, ko’krak qafasi devorida kalsinat, Yurakda metalik yot jismlar


                  bilan  bemorlarda  sonografiya  o’tkazilishi  qiyinlashadi  va  bu  holat  «yomon
                  transtorakal  oyna»  deb  ataladi.  Bundan  tashqari  sonografiya  sub’yektiv  usul


                  hisoblanadi.
                         1-RASM



















                                           A                                            B
                         66- rasm  A da ultrtovush tekshiruvining  B- rejim qollangan holat (yurakning anatomik
                  holatiga baho berilgan).1-rasm B da ultrtovush tekshiruvining  B- rejimi M rejimi bilan birga
                  qollangan holat (yurakning   anatomik va funksional  holatiga baho berilgan)
   55   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65