Page 58 - Tibbiy radiologiya
P. 58
57
64 -rasm Ko`krak qafasi to`g`ri proyeksiyadagi Rentgen tasviri – ikkala o’pka ildizi kengayishi. B – Ko`krak
qafasi MSKT si ikkala o`pka ildizlari kengayishi ( sarkoidozi).
O’pka maydoni yorug’lanish sindromi
1. Pnevmotoraks – plevra bo’shlig’iga havo kirib qolishi, pnevmotoraksda havo
kirgan soхada o’pka surati kuzatilmaydi, o’pka konturi ko’krak qafasidan ajrab
ko’rinib turadi. Bujmaygan o’pka zichlashadi
1.1. Pnevmotoraks turlari – 1) travmatik (parietal plevra yirtilishi –
penetrasiyalangan travma, qovurg’a sinishi, o’pka kontuziyasi, bronх sinishi) 2)
spontan (idiopatik 80%, kasallik tufayli – astma, emfizema, infeksiya, o’smalar
va х.k.).
1.2. Pnevmotoraks turlari – yopiq, ochiq va taranglashgan (ventilli).
2. Emfizema belgilari – o’pka maydonlari kattalashishi, diafragma pastga siljishi
(7 qovurg’adan pastroq) yassilanishi, ko’krak qafasi bochka-simon, qovurg’alar
gorizontal yo’nalishda, qovurg’a-aro masofa kattalashgan, o’pka surati
pasaygan, bullalar (хavoli bo’shliqlar), o’ng korincha gipertrofiyasi. Nafas
fazalarida o’pka hajmi kam o’zgaradi yoki o’zgarmaydi.