Page 63 - Tibbiy radiologiya
P. 63

62

                  Tog’ri proyeksiyada chapdan 4 yoy (Yo’qoridan pastga)– pastga tushuvchi aorta,

                  o’pka arteriyasi, chap bo’lmacha va chap qorincha, o’ngdan 2 yoy – ko’tariluvchi

                  aorta  va  o’ng  bo’lmacha.  O’ng  qorincha  yoyi  normada  tog’ri  proyeksiyada

                  ko’rinmaydi! Yurak taliyasi bu yurak soyasini qon tomirlar soyasiga o’tish sohasi

                  – chapdan 2-3 yoylar tashkil qiladi. 2-3 yoylar kattalashganda taliya tekislashadi

                  yoki bo’rtadi (mitral poroklar). 1-4 yoylar kattalashganda taliya chuqur deb ataladi

                  (aortal  poroklar).  Atriovazal  burchak  o’ng  bo’lmacha  va  ko’tariluvchi  aorta

                  o’rtasida  joylashadigan  burchak.  Normada  o’rtada  joylashadi.  O’ng  bo’lmacha

                  kattalashsa (mitral poroklar) Yo’qoriga siljiydi, aorta kattalashsa (aortal poroklar)

                  pastga siljiydi.

                  Chap  qiya  proyeksiyada  (4  kamerali  proyeksiya)  –  orqadan  chap  bo’lmacha  va

                  chap qorincha, oldidan o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha. Bu proyeksiyada aorta

                  yoylari ham yaxshi ko’rinadi. Yurak orqasi retrokardial soha, to’sh suyagi orqasi


                  retrosternal  soha  deb  ataladi,  normada  bu  sohalar  yorug’  bo’ladi  kameralar
                  kattalashganda  ular  torayadi  va  yo’qolishi  mumkin.  Retrokardial  sohada


                  qizilo’ngachga  o’tadi,  uning  yo’nalishi  tekis  bo’ladi,  chap  bo’lmacha
                  kattalashganda qizilo’ngach katta (>6 sm – mitral yetishmovchilikda) yoki kichik


                  (<6 sm – mitral stenozda) radius bo’yicha siljiydi. Buni bariy bilan qizilo’ngachni
                  tekshirib aytish mumkin.


                  O’ng  qiya  proyeksiyada  –  orqadan  chap  bo’lmacha  va  chap  qorincha,  oldidan

                  conus  pulmonalis  va  chap  qorincha.  Bu  yerda  ham  retrokardial  va  retrosternal

                  sohalar bor.

                  CHap yon proyeksiyada – o’ng qorincha to’sh suyagiga tegib turadi, chap qorincha

                  esa  diafragmaga  tegib  turadi.  Tegib  turish  masofalari  teng  bo’ladi.  Kameralar

                  kattalashganda bu masofalar uzunlashadi. Tegib turish masofalari  bo’yicha qaysi

                  kamera ko’prok kattalashganini aytish mumkin.



                  Yurak rentgen-anatomiyasi bo’yicha normal ko’rsatkichlar.
   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67   68