Page 61 - Tibbiy radiologiya
P. 61
60
Sonografiya va nur tashxisida Yurakning gemodinamik parametrlaridan
haydash fraksiyasi (XF) asosiy hisoblanadi. Buning uchun sistola va diastolada
chap qorincha o’lchamlari o’lchanadi va quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
Diastolik hajm – sistolik hajm
XF = ----------------------------------------------; normada 60% bo’lishi kerak
Diastolik hajm
Bu degani, Yurak sistola vaqtida normada 60% qonni haydab chiqaradi.
Kamroq chiqarsa – Yurak yetishmovchiligi. Zarb hajmidan farqi – foizda
o’lchanadi va konkret bemorning chap qorinchasi hajmiga nisbatan olinadi va
shuning uchun gavda, yosh va jinsga bog’lik emas. Zarb hajmi ml da o’lchanadi va
har xil bemorlarda gavda va yoshga qarab farq qiladi, konkret bemor uchun
ko’rsatkich normalmi yoki normal emasmi aytish qiyin. Haydash fraksiyasini
ultrasonografiya, angiografiya, radionuklid ssintigrafiya, MRTda o’lchash
mumkin.
Transezofageal sonografiya afzalligi:
1. qizilo’ngach orqali datchik yurakga yaqinroq joylashadi va Yo’qori
chastotali datchik qo’llanilganda fazofiy farqlashni oshirish mumkin
(kichikrok o’zgarishlar ko’rinadi).
2. Yurakni orqa strukturalari yaxshiroq ko’rinadi
3. «yomon transtorakal oynada» Yurakni tasvirlashga imkon beradi
2-rasm