Page 80 - Tibbiy radiologiya
P. 80

79

                  RENTGENOSKOPIYADA                         QO’LLANILADIGAN                     KONTRAST

                  MODDALAR.



                  1)  bariy  sulfat  –  asosiy  modda,  faqat  erta  operatsiyadan  so’ng  davrda  va

                      perforatsiyaga shubxa bo’lganda qo’llanilmaydi. Lokal peritonitga olib kelishi

                      mumkin.  Xususiyatlari  –  a)  ichakda  so’rilmaydi  2)  inert  modda  (biologik

                      suyuqliklar  bilan  reaksiyaga  kirishmaydi)  3)  o’rab  oluvchi  (shilliq  qavatga

                      yaxshi yopishadi va uni tasvirlashga imkon beradi 4) davolovchi (o’rab oluvchi

                      xususiyat bilan bog’liq, shilliqni o’zi bilan olib tushib ketadi) 5) ma’zasiz.

                  2)  havo,  gaz  –  asosiy  kontrast  modda  hisoblanadi,  doim           bariy  bilan  birga

                      qo’llaniladi – bu uslubni ikki moddali kontrastlash deb ataladi. bariy xavo bilan

                      birga  qo’llanilganda  shilliq  qavat  to’g’risida  (ayniqsa  poliplar)  qo’shimcha

                      ma’lumot  olinadi.  Oshqozonga  gaz  yuborish  uchun  gaz  hosil  qiluvchi  dori


                      vositalari  qo’llaniladi  yoki  oddiy  soda.  Yo’g’on  ichakga  gaz  klizma  orqali
                      yuboriladi.


                  3)  suvda yoki yog’da eriydigan kontrastlar. Bu kontrastlar faqat erta operatsiyadan
                      so’ng  (anastomoz  holati),  perforatsiyalarda,  fistulalar  hosil  bo’lganda


                      qo’llaniladi.  bariyga  nisbatan  bu  moddalar  «yumshoqroq»  hisoblanadi,  lekin
                      shilliq qavatni yaxshi ko’rsatmaydi.




                  Kontrast rentgenoskopiya o’tkazilish uslubi.

                  Tayyorgarlik – qizilo’ngach, oshqozon va  ingichka ichak uchun ochlik, yo’g’on

                  ichak uchun klizma 2 maxal. Qizilo’ngachni o’ziga tayyorgarlik kerak emas, lekin

                  ko’pincha bu a’zo oshqozon bilan birga tekshiriladi, shuning uchun ochlik kerak

                  bo’lishi mumkin.

                  Tekshiruv ko’pincha 2 bosqichdan iborat bo’ladi – 1)noto’liq faza (faqat shilliq

                  qavat baxolanadi, bariy miqdori oz bo’ladi va shilliq qavat bo’yicha tarqalgan

                  bo’ladi) 2)to’liq faza (funktsional va anatomik ma’lumot olinadi, a’zo bariyga

                  to’lgan bo’ladi). Bu fazalar ketma-ketligi turli bo’lishi mumkin, masalan
   75   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85