Page 82 - Tibbiy radiologiya
P. 82

81

                      yo’qoladi, kardioezofageal o’smalarda deformatsiya bo’lishi mumkin va uning

                      fonida o’sma soyasi ko’rinishi mumkin.

                  Sonografiya,  KT  va  MRT  ahamiyati.  Bu  usullar  ko’pincha  xavfli  o’smada

                  qo’llanadilar  va  uning  bosqichini  aniqlaydilar.  o’smani  bosqichi  -  a’zo  devoriga

                  o’sishi,  tashqariga  tarqalishi,  boshqa  a’zolarga  o’sib  kirishi,  regionar  limfa

                  tugunlarga va boshqa a’zolarga metastaz berishidan iborat.

                  Sonografiyani  transabdominal  va  endoskopik  turlari  bor.  Transabdominal

                  oshqozon,  ingichka  va  yo’g’on  ichaklar  uchun  qo’llanilishi  mumkin,  asosan

                  o’smani  ekstraorgan  tarqalishi  va  boshqa  parenximatoz  a’zolarga  metastazlarni

                  ko’rsatadi.  Endoskopik  sonografiyani  –  1)  intraezofageal,  2)  intragastral  va  3)

                  intrarektal uslublari bor.  Lekin 1chisi ko’proq yurak uchun qo’llaniladi,

                   3 chisi ko’proq erkaklarda prostata bezini ko’rish uchun qo’llaniladi. Intragastral

                  sonografiya  oshqozon  uchun  qo’llaniladi  va  o’smani  qaysi  qavatga  (shilliq,


                  mushak,  seroz)  o’sganini  ko’rsatadi.  Devori  o’sganini  aniqlashda  bu  usul  eng
                  yaxshi hisoblanadi. KT  va  MRT  transabdominal  sonografiya  bergan  ma’lumotni


                  beradilar,  lekin  aniqroq,  va  qo’shimcha  regionar  limfa  tugunlar  holatini
                  aniqlaydilar. Bundan tashqari bu usullarga ichak, o’pkadagi havo, suyaklar halal


                  bermaydi.
   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86   87