Page 87 - Tibbiy radiologiya
P. 87

86

                  84-rasm. Birikmadan yuqori sohada qizilo’ngach  Konussimon  toraygan  (,, qush tumshug’i “
                  simptomi ).


                         Differentsial  tashxis:  1)  kardioezofageal  o’sma  –  asimmetrik  chegarasi

                  notekis     torayish    axalaziyadaka       keskin     emas,     oshqozon      gaz    pufagi
                  deformatsiyalashgan, uning fonida o’sma soyasi ko’rinadi, burmalar buzilgan. 2)
                  reflyuks-ezofagit.  Axalaziya rak kasalligi ehtimolini oshiradi (10% gacha), yorilib

                  ketishi mumkin.
                  Reflyuks-ezofagit. 20% gastroezofageal reflyukslarda rivojlanadi. Qizilo’ngachni
                  proksimal  1/3  yoki  ½  qismi  shikastlanadi.  Tashxisda  reflyuks  tasdiqlanadi  va

                  boshqa belgilar aniqlanadi. O’tkir bosqichda burmalar shishi, yara(lar), eroziyalar,
                  sekretsiya  oshishi  va  funktsional  buzilishlar  (spazm,  aperistaltika)  kuzatiladi.
                  Surunkali  bosqichda  qizilo’ngach  chandiqlanish  tufayli  qisqaradi,  torayadi  –

                  chegarasi  tekis  simmetrik  axalaziyaga  nisbatan  yuqoriroq  joylashgan  torayish,
                  axalaziyadaka keskin emas, burmalar saqlangan (rakdan farqi). Asoratlar – stenoz,
                  qizilo’ngach  diafragma  teshigi  churrasi  (qizilo’ngach  qisqarishi  tufayli),  barret
                  qizilo’ngachi (malignizatsiya xavfi 10% oshadi), aspiratsion pnevmoniya.

                  Boshqa ezofagit turlari: kuyishdan keyin, kron kasalligi, infektsiya,  intubatsiyadan
                  so’ng, radiatsion terapiya.























                  85-rasm.  Chapda  -  gastroezofageal  birlashma  yuqori  sohasidagi    striktura  va  proksimal
                  dilyatatsiya.
                  O`ngda - Psevdo membrana, shilliq qavat yarasi( strelka),nodulyarligi va strikturasi.
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92