Page 93 - Tibbiy radiologiya
P. 93
92
(oshqozonni bir qismi ko’krak kafasi ichida), 2) peristaltika churra sohasida
yo’qligi, 3)oshqozon burmalari diafragma usti ko’rinishi, +) gastroezofageal
reflyuks.
2) Paraaksial (paraezofageal) churralar. Kam uchraydi, qizilo’ngachni yon tarafida
joylashadilar. Oshqozon kardial qismi, ezofagogastral o’tish qismi diafragma
ostida. Ko’pincha churra fiksatsiyalashgan. Oshqozon gaz pufagi qismi yurak
fonida ko’rinishi mumkin. Ko’krak qafasi fonida gorizontal suyuqlik darajasi.
Bu churralarni epifrenal divertikuldan ajratish kerak (bunda burmalar, oshqozon
va uning gaz pufagi shakliga e’tibor beriladi). Oshqozon va gaz pufagi
deformatsiyalashgan.
Qizilo’ngach venalari varikoz kengayishi.
Ikki xili bo’ladi – 1) portal venadan –> v.azygos -> yukori kavak venaga (bu
varikozlar qizilo’ngachni pastki yarimida joylashadi) 2) yukori kavak vena –>
v.azygos –> pastki kavak yoki portal venaga (qizilo’ngachni yuqori 1/3 qismida
joylashadilar).
Birinchi tur varikozlarni sabablari – jigar tsirrozi, taloq venasi trombozi, jigar
venalari obstruktsiyasi, pastki kavak vena obstruktsiyasi.
Ikkinchi tur varikozlarni sabablari – yuqori kavak vena obstruktsiyasi atrof
to'qimalardagi o’sma (o’pka raki, limfoma, buqoq, timoma) yoki mediastinal fibroz
tufayli kelib chiqadi.
Belgilari – ko’p sonli yumaloq va qurt shaklida - «qurt egan» to’lish defektlari,
shishgan «sinusoid» burmalar.
Asorati – qon ketish 3 yil ichida 30% bemorlarda kuzatiladi.
Qizilo’ngach kuyishi. Ko’proq qizilo’ngach o’rta yoki pastki qismida joylashadi.
Bosqichlari 1) 3 kungacha shilliq qavat shishi, qizilo’ngach atonik, kengaygan,
uchlamchi peristaltika, spazm. 2) 3-5 kunlarda yara hosil bo’ladi 3) 10 kundan
keyin chandiq hosil bo’ladi va chandiqli stenoz rivojlanadi. Chandiqli stenoz
(O’smadan farqi) ko’pincha uzun masofada, simmetrik chegaralari tekis bo’ladi,
burmalar ham saqlangan. Asoratlari – perforatsiya, malignizatsiya va chandiqli
stenoz.
Oshqozon kasalliklari.
Oshqozon raki. Uchrashi bo’yicha yo’g’on ichak va oshqozon osti bezi rakidan
so’ng 3 urinda turadi. Kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin holatlar. H.pylori
gastrit, atrofik gastrit, adenomatoz polip, oshqozondagi operatsiyalar, menetrie
kasalligi. Gistologik turi adenokartsinoma (95%). Joylashishi asosan oshqozonni
distal 1/3 qismida va 1/3 kardiya, 60% kichik egrilikda, 10% katta egrilikda.
Turlari polipoid, yarali (70%), infiltrativ (skirr), yuzaki tarqaluvchi. Belgilari –