Page 4 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 4

KIRISH

                       Mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uygʻunlashtirib,

                  oliy  ta’lim  muassasalarida  kadrlar  tayyorlash  sifati  hamda  raqobatbardoshligini

                  taʻminlash,  jahon  amaliyotiga  asoslangan  oliy  ta’lim  tizimining  sifat  darajasini

                  oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy

                  etishning samarali metodlarini ishlab chiqish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida

                  eʻtirof etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil  7  fevraldagi

                  PF-4947-  sonli  «Oʻzbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  boʻyicha

                  Harakatlar  strategiyasi  toʻgʻrisida»gi  Farmoni,  2017  yil  20  apreldagi  PQ-2909-

                  sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi va

                  2018  yil  5  iyundagi  PQ-3775-sonli  «Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini

                  oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda

                  faol  ishtirokini  taʻminlash  boʻyicha  qoʻshimcha  chora-tadbirlar  toʻgʻrisida»gi

                  qarorida  belgilangan  vazifalarni  bajarish,  oliy  ta’lim  muassasalarini  ilgʻor  jahon

                  tajribalari  asosida  yaratiladigan  yangi  avlod  darslik,  oʻquv  qoʻllanmalari  hamda

                  davriy  nashrlar  bilan  tizimli  taʻminlash  maqsadida  qabul  qilgan  Oʻzbekiston

                  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasining  “Oliy  ta’lim  muassasalarini  oʻquv


                  adabiyotlari bilan  taʻminlash  toʻgʻrisida” gi  2018  yil  10 oktyabr, 816-son qarori
                  hamda  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlarda  belgilangan  vazifalarning  amalga


                  oshirilishi va hayotga tatbiq etilishiga ushbu o’quv qo’llanma muayyan darajada
                  xizmat qiladi.


                       Jumladan, bunda oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv

                  va  ilmiy  adabiyotlar  roʻyxatini  shakllantirish,  ularni  xarid  qilish  va  foydalanish,

                  oʻquv  adabiyotlari  bilan  taʻminlash  hamda  darsliklar  va  oʻquv  qoʻllanmalarini

                  yangilab borish kabi vazifalar belgilab berilgan.

                       Shu nuqtai nazardan, elektron axborot ta’lim resursi va virtual laboratoriyalar

                  ishlab  chiqish,  boʻlajak  mutaxassislarda  kasbiy  faoliyatga  oid  oʻquv-tarbiya

                  jarayonini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalari, yangi pedagogik va

                  4   axborot   texnologiyalarini   oʻquv   jarayoniga   qoʻllash   metodlari,   Tarmoq

                  texnologiyalari fanidan oʻquv jarayoni uchun oʻquv-uslubiy taʻminotlarni yaratish

                  dolzarb hisoblanadi va ushbu qoʻllanma aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan.
                                                                3
   1   2   3   4   5   6   7   8   9