Page 5 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 5

Oʻqitishning  anʻanaviy  usullarida  тarmoq  texnologiyalari  fani  boʻyicha

                  olingan  nazariy  bilimlarni  mustaxkamlash  va  amaliy  koʻnikmalarni  hosil  qilish

                  uchun  xizmat  qiluvchi  laboratoriya  va  amaliy  mashgʻulotlarga  katta  ahamiyat

                  beriladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  oliy  oʻquv  yurtlarida  mutaxassislarni  tayyorlash

                  jarayonini takomillashtirishga va ularning kasbiy tayyorgarligiga qoʻyilgan davlat

                  ta’lim standartlari talablarini amalga oshirishda elektron axborot ta’lim resursi va

                  virtual  laboratoriyalar  ishlab  chiqish,  boʻlajak  mutaxassislarda  kasbiy  faoliyatga

                  oid oʻquv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalari,

                  yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllash metodlari,

                  тarmoq texnologiyalari fanidan oʻquv jarayoni uchun oʻquv-uslubiy taʻminotlarni

                  yaratish kabi ishlar dolzarbligini belgilaydi.

                       Sizga  tavsiya  etilayotgan  ushbu  oʻquv  qoʻllanma  pedagogika  oliy  ta’lim

                  muassasalarida talabalarga oʻtiladigan Tarmoq texnologiyalari fanidan maʻruza va

                  laboratoriya      mashgʻulotlarini      o`tkazish     boʻyicha      zamonaviy        nazariy

                  maʻlumotlarini  oʻz  ichiga  olgan.  Jumladan,  kompyuter  tarmoqlari,  tarmoq

                  qurilmalari  va  funksiyalari,  protokollar  va  ularning  qoʻllanilishi,  internet

                  xizmatlari,  Bulut  texnologiyasi,  Smart-texnologiyalar,  IoT-buyumlar  interneti

                  hamda tarmoq xavfsizligi masalalari haqida nazariy maʻlumotlar berilgan.

                       O`quv qo`llanma bilan tanishganingizdan tashakkur izhor etamiz. Qo`llanma

                  mazmuni  haqidagi  fikr  va  mulohazalarni,  takliflar  hamda  unda  mavjud

                  kamchiliklarni akbargdu@mail.ru e-mailga yuborishingizni so`raymiz.
































                                                                4
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10