Page 8 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 8

diktofon asoslangan «mexanik»

                        3- nchi  bosqich  (xx  asrning  40-60  yillari)  -  katta  ExM,  elektrik  yozuv

                  mashinkalari, kseroksga asoslangan «elektrik» texnologiya

                        4- nchi bosqich (70 yillarning boshida) - katta ExM va ular asosida yaratgan

                  avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) va ma’lumot-izlovchi tizimlari

                  «elektron» texnologiyalari

                        5- nchi  bosqich  (80  yillarning  urtalaridan  boshlab)  -  shaxsiy  kompyuterga

                  asoslangan kompyuteriy texnologiya

                        O`quv  jarayonida  qo`yidagi  AKT  ishlatiladi:  elektron  pochta,  vizual

                  multimedia,  masofaviy  ta'lim,  audipochta,  elektron  kalendar,  telekonferentsiya,

                  auidiokonferentsiya, videokonferentsiya, chat va boshqalar.

                        Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy

                  etilishi:

                        -  fan sohalarini axborotlashtirishni;

                        -  o`quv faoliyatni intellektuallashtirishni;

                        -  integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;

                        -       ta’lim  tizimi  infratuzilmasi  va  uni  boshqarish  mexanizmlarini

                  takomillashtirishga olib keladi.

                        Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida

                  samarali tashkil etish:

                        -  masofaviy o`quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga

                  pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;

                        -  pedagoglar o`rtasida vazifalarning taqsimlanishini;

                        -  ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning

                  samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.

                        Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi:

                        -  talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;

                        -  o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini

                  chuqur o`zlashtirilishiga;

                        -  o`quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil

                  faoliyati sohasining kengayishiga;


                                                                7
   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13